Savol bering, javob qaytaramiz
Savol: - Aytaylik, bir fuqaroga yoşga doir pensiya tayinlandi. Barça hisob-kitoblar va hujjatlarni rasmiylaştiriş işlari amalga oşirildi. Ammo oradan bir qança vaqt ötib, pensiya oluvçiga pensiyasi notöğri hisoblanganligi natijasida uning ortiqça pensiya olayotganligi maʼlum qilinadi va ortiqça tölangan pulni öşa pensionerning pensiyasidan uşlab qoliş boşlanadi. Buni qanday tuşuniş mumkin?
Javob: - Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi Nizomning 201-bandida: Pensiya oliş huquqini amalga oşiriş uçun zarur bölgan hujjatlarning - iş staji töğrisida, amaldagi iş haqi töğrisida va şu kabilarning işonçliligi va asoslanganligi uçun uşbu hujjatlarni bergan taşkilotning mansabdor şaxsi hamda pensioner qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berişi belgilangan.
Nizomning 202-bandiga köra işonçsiz maʼlumotlar, pensiyaga bölgan huquqlarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan hujjatlardagi maʼlumotlarni buzuvçi tuzatişlar aniqlanganda, şuningdek pensiyalarni tayinlaş va tölaş uçun iş beruvçi yoki arxiv tomonidan berilgan yuqorida körsatib ötilgan hujjatlar soxtalaştirilganda va qalbakilaştirilganda davlatga yetkazilgan zarar summasini undiriş uçun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, uşbu hujjatlarni bergan taşkilotlar va arxivning mansabdor şaxslariga yuklanadi.
Pensioner tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar - ataylab notöğri maʼlumotlar bilan hujjatlar taqdim etilişi, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi özgarişlar töğrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi natijasida unga pensiyalar summasining ortiqça tölanişi tufayli davlatga yetkazilgan zararni tölaş majburiyati pensionerga yuklanadi.
Nizomning 203-bandida esa, pensiyalar tayinlaş va tölaşni nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftiş boş boşqarmasi va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan amalga oşiriladi, deb körsatilgan.
Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimi pensiya tayinlaşda va pensiyalarni tölaşdagi muammolarni hal qilişda Özbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi Qonuniga, Özbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi Nizomiga va boşqa hukumat qarorlariga asosan iş köradi.
Savolga Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimi pensiya va nafaqalarni tayinlaş guruhi rahbari Akram Ahmedov javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶