Savol bering, javob qaytaramiz
Savol: - Fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurilişi uçun yer uçastkalari beriş qanday tartibda amalga oşiriladi?
Javob: - Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30-dekabrdagi 272-sonli Qaroriga asosan Yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkasi tumanlar (şaharlar) hokimlari tomonidan qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi tarkibiga kirmaydigan yerlardan belgilangan tartibda faqat Özbekiston Respublikasi fuqarolaridan taşkil topgan bir oilaga 0,06 gektargaça meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş uçun beriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilişi uçun 0,04 gektargaça yer uçastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi belgilangan tartibda "kim oşdi” savdosida sotiladi.
Yakka tartibda uy-joy quriş (dehqon xöjaligini yuritiş) uçun yer uçastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini realizatsiya qiliş böyiça oçiq "Kim oşdi” savdolarida Özbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik va jismoniy şaxslar – diplomatik korpus xodimlari, Özbekiston Respublikasi röyxatiga olingan matbuot vakillari, doimiy vakolatxonalar, firmalar, kompaniyalar va xalqaro taşkilotlar xodimlari, qöşma korxonalarda doimiy asosda işlovçi şaxslar, şuningdek Respublikada doimiy yaşaydigan va yaşaş guvohnomasiga ega bölgan şaxslar qatnaşişga haqli.
Yakka tartibda uy-joy qurişga 0,04 gektargaça, dehqon xöjaligini yuritişga 0,06 gektargaça yer uçastkasiga bölgan huquqlar "kim oşdi” savdosi asosida realizatsiya qilinadi. Yer uçastkalar böyiça "kim oşdi” savdosi ötkaziladigan sana va yer uçastka manzili matbuotda eʼlon qilinadi.
Savolga tuman arxitektura va quriliş bölimi mutaxassisi Ozodboy Madraimov javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶