SAYLOVGA TAYYoRGARLIK MASALALARIGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR-TRENING
Şu yilning 5-noyabrida tuman hokimligining majlislar xonasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali taşkil etişga bağişlangan seminar-trening bölib ötdi.
Seminar-treningni tuman hokimligi taşkiliy-nazorat guruhi rahbari B.Boltaboyev boşqarib bordi.
Seminar-treningda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vaziri, Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi J.Sadiqov, Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi katta mutaxassisi B.Yelmanov, Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti B.Daumenov, 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasi aʼzosi S.Jumanazarov, tumandagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari raislari, rais örinbosarlari, kotiblari va aʼzolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.
Iştirokçilar "Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkaziş böyiça saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari töğrisida”, "Saylovçilar röyxatini tuzişning öziga xos xususiyatlari: milliy tajriba, muddatidan oldin ovoz beriş jarayonida uçastka saylov komissiyasi aʼzolarining vazifalari”, "Saylov kuni uçastka saylov komissiyasi tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar xususida”gi maʼruzalarni tingladilar. Iştirokçilar savollariga javoblar berildi. Oçiq muloqot tarzida bölib ötgan seminar-treningda körilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
(Öz muxbirimizdan).
(Foto - http://www.publika.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶