22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 11:11
Jamiyat 👁 2,445

EL-YuRTGA MAʼNAVIYaT ULAShIB...

EL-YuRTGA MAʼNAVIYaT ULAShIB...

Men bir qancha yillar tuman yoshlar tashkiloti rahbari boʻldim va taʼlim sohasida ham koʻp yillar davomida yoshlar bilan ishlashganman. Qayerda, qanday vazifada ishlasam ham asosiy faoliyatimda kitob muhim oʻrin tutgan. Chunki kitob insonni komillik sari eltuvchi, maʼnaviyatimizni yuksaltiruvchi yagona vositadir. U bilimlar bulogʻi sanaladi.

Men hozir nafaqadaman. Lekin shahrimizdagi kitob doʻkoniga tez-tez borib, yangi kitoblar bilan tanishib, oʻzimga kerakli kitoblarni hamisha shu yerdan olib, oʻqib turaman. Dastlab bu dargohda Ozodboy Davlatov sidqidildan xizmat qilgan. Hozirgi kunda esa Ozodboyning oʻgʻli Rustambek Davlatov ana shu dargohga rahbarlik qilmoqda. Rustambek oʻzi yosh boʻlishiga qaramay, turmush oʻrtogʻi Nafisa Xolmurodova, shuningdek opalari Raʼno, Rayhon, Ravshanoy Davlatovalarni ish bilan taʼminlab, yaxshi ish sharoiti yaratib bergan. Ular doʻkonga kelgan har bir xaridorni ochiq koʻngillik bilan kutib oladilar, xaridorlarga kerak boʻlgan kitoblarni topib berib, ularni xursand qilib yuboradilar. Doʻkon xaridorlarning talablarini toʻlaqonli qondira  oladi. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, savdo naqd pulga, plastik kartochkalarga va pul oʻtkazish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi.

Bu yerda barcha sohalarga oid kitoblar, hattoki yurtimizda chop etilayotgan gazeta-jurnallargacha topiladi.

Xususan, Abu Ali Ibn Sinoning "Tib qonunlari” kitobi, "Dard borki – shifo bor” risolasi, shuningdek xalq tabobatiga oid nashrlar ham mavjudki, bularning  barchasi har bir xaridorga manzur.

Yana shuni ham aytish kerakki, bu yerda buyuk davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning barcha kitoblari mavjud.

Doʻkonda yuqoridagi aytib oʻtilgan  afzalliklardan tashqari, oʻquvchilar uchun kerak boʻlgan barcha oʻquv qurollari ham topiladi.

Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib”, "Mungli koʻzlar”, "Oltin bosh”, Said Ahmadning "Ufq”, "Qismat”, "Dunyo” kabi asarlari alohida eʼtiborni tortadi.

Dono xalqimiz kitobdan yaqinroq doʻst yoʻq, deb bejiz aytmagan. Hatto kitob va kitobxonlik haqida koʻplab rivoyatlar yaratilgan. Ibrat maʼnosida quyidagi rivoyatni keltirib oʻtsam: Bir ota donishmanddan: "farzandimning quvonchi uchun nima qilishim kerak”, deb soʻrabdi. Shunda donishmand: "tulpor mindirsangiz, bir oy quvonadi, agar qand bersangiz, bir kun quvonadi, oʻyinchoq bersangiz, bir hafta quvonib yuradi. Agar farzandim umr boʻyi quvonsin, desangiz bir qoʻliga non, bir qoʻliga kitob bering. Shunda farzandingiz bir umrga baxtli boʻladi”, degan ekan.

Xalqimiz azaldan kitobni sevib, qadrlab keladi. Kitob doʻkoni xodimlari, xususan, Ozodboy Davlatov va uning oʻgʻli Rustambek Davlatov ham kitobning naqadar qadrli ekanligini bilganidan, uning nechogʻliq insonlarga foydali ekanligini anglaganidan mana shu ezgu ishga qoʻl urgan.

Kitob doʻkoni bugungi kunda ayniqsa, yoshlar bilan gavjum. Chunki yuqorida aytganimizday, agar xaridor oʻzi izlayotgan kitobni doʻkondan topa olmasa, darhol doʻkon xodimlari xaridorning talablarini oʻrganib, qisqa vaqt ichida xaridor izlayotgan kitobni topib berishga intilishadi.

Xalqimizga maʼnaviyat va maʼrifat ulashayotgan Ozodboy Davlatov va uning farzandlariga:

- El-yurtga manzur ezgu ishlaringiz har bir qalbni nurafshon aylasin! – deymiz.

I.ISMOILOV,

mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026