BUYRUQ TARTIBIDA ISh YuRITISh
Sud buyrugʻi undiruvchining pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi yoki koʻchar mol-mulkni nizosiz talablar boʻyicha qarzdordan talab qilib olish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha sudya sudda ishni koʻrmasdan chiqargan hujjatdir. Cud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin va sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Sud buyrugʻi talab notarial tasdiqlangan bitimga va yozma bitimga asoslangan hamda qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa, shu jumladan, kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzni undirish haqidagi talab arz qilingan voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa, hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa, fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa, chiqariladi. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza sudga belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi, ariza yozma shaklda beriladi. Koʻchar mol-mulk talab qilingan taqdirda arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim. Ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi kerak.
Sudya sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etishi ham mumkin. Sudya arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchining ana shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi. Agar undiruvchi sudyaning koʻrsatmalariga muvofiq, u belgilagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, sudya arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Arz qilingan talabning mazmuni boʻyicha sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi. Sud buyrugʻi chiqarilganidan keyin sudya uning koʻchirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi. Sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida qarzdor arz qilingan talabga qarshi oʻz eʼtirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli. Agar belgilangan muddatda qarzdordan arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlar tushsa, sudya sud buyrugʻini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi.
J.ABDIRIMOV,
fuqarolik
ishlari boʻyicha tuman sudi devonxona mudiri.
(Foto - http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶