Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining yigirma törtinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
Şu yilning 11-oktyabr kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining yigirma törtinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi D.Nazarmuhamedov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi M.Yerniyazov, tumanimizdan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimligi masʼul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari, muassasa, korxona va taşkilotlar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga taşkiliy masala hamda tuman Kengaşi vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar havola qilindi.
Sessiya kotibi etib 9-sonli Amir Temur saylov okrugidan deputat M.Saʼdullayev saylandi.
Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi M.Yerniyazov sözga çiqib, Amudaryo tumani Respublikada eng ilğor tumanlardan biri bölib kelayotganini, bu işlarda tumanning sobiq hokimi, marhum Rajabboy Yöldoşevning xizmatlari katta ekanligini taʼkidlab ötdi va Yöldaşev Sultonboy Rajapbayeviçni tuman hokimi lavozimiga tayinlaş haqidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining farmoyişini öqib eşittirdi.
"Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi raisi B.Allaberganov, "Barkamol avlod” bolalar markazi direktori X.Rajabova, 5-sonli Beruniy saylov okrugidan deputat, 40-sonli maktab direktori S.Xöjamuratovalar sözga çiqib, kun tartibidagi masala böyiça fikr-mulohazalarini bayon qildilar va nomzodni bir ovozdan qöllab-quvvatlaşini maʼlum qildilar.
Yöldaşev Sultonboy Rajapbayeviçni Amudaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining farmoyişi ovozga qöyildi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşev sözga çiqib, tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş, aholining turmuş farovonligini yanada oşiriş yölida fidoyilik bilan iş olib borişini maʼlum qildi.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi D.Nazarmuhamedov sözga çiqib, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti I.Karimov boşlab bergan islohotlar Amudaryo tumanida hayotga izçil tatbiq qilinayotganini, Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.Mirziyoyevning Amudaryo tumaniga alohida eʼtibor bilan qaraşini aytib ötdi va tumanning yangi hokimi S.Yöldaşevning işlariga omad tiladi.
Şuningdek, sessiyada "Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining 2016-yil 10-oktyabrdagi 97-B-sonli "B.A.Ernazarovni Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimidan ozod etiş töğrisida”gi farmoyişini tasdiqlaş haqida”gi, "Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining 2016-yil 10-oktyabrdagi 93-B-sonli "U.Ya.Polvanovni Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlaş töğrisida”gi farmoyişini tasdiqlaş haqida”gi hamda "Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qiliş töğrisida”gi masalalar muhokama qilinib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶