17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:33
Fan va taʼlim 👁 2,860

HURMAT-EHTIROMGA SAZOVOR INSON

HURMAT-EHTIROMGA SAZOVOR INSON

Jahonda boʻlmasa muallim agar,

Hayot ham boʻlmasdi goʻzal bu qadar.

(A.Jomiy)

Oʻqituvchi va ustoz jamiyat maʼnaviyatining charogʻboni, ilm-fan gulshanining bogʻbonidir.

Oʻz kasbi orqali yurt muhabbatiga sazovor boʻlish, shogirdlar kamolini koʻrish uning uchun bebaho baxtdir!

50-sonli maktabning sobiq direktori, el oqsoqoli degan sharafli nomga ega boʻlgan ustozimiz Rimboy Oʻrozboyev ana shunday baxtga musharraf boʻlgan insonlardan biri.

U yoshlikdan oʻqituvchi boʻlishni orzu qilgandi. Bu orzu uni 1973-yilda Toshkent Davlat chet tillar instituti (hozirgi Jahon tillari universiteti)ga oʻqishga yetakladi.

Rimboy akaga qoʻshaloq baxt kulib boqdi: ham talaba boʻldi, hamda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Yangiljon Qozoqova bilan tanishdi. Ular birga oʻqib, 1978-yilda oliygohni birga tugatib, turmush qurishdi, yangi turmush va pedagoglik hayotini birga boshlashdi.

1978-yildan boshlab 41-sonli maktabda, 1990-yildan esa 50-sonli maktabda oʻquvchilarga frantsuz tilidan saboq berdi.

Rimboy aka butun qalb qoʻrini, kuch-quvvati va bilimini oʻzi ixlos qoʻygan sohaga, yaʼni yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashga sarfladi. Uning qobiliyatini koʻra bilgan tuman XTMFMTTE boʻlimi rahbariyati 2003-yilda 50-sonli maktabning direktori lavozimiga tayinladi.

Ustoz direktorlik faoliyatining dastlabki kunlaridan maktabda taʼlim-tarbiya sifatini oshirish bilan birga obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlariga ham ulkan eʼtibor qaratdi. Maktab oldining katta bogʻ, tevarak-atrofining gulzorga aylanishiga bosh-qosh boʻldi.

U direktor boʻlib ishlagan oʻn yil davomida maktabda taʼlim-tarbiya darajasi, oʻquvchilarning tuman, respublika fan olimpiadalari va turli tanlovlarda qatnashish koʻrsatkichi ancha oshdi. Bunga 2010-yilda maktab oʻquvchilarining Oʻzbekiston miqyosida  oʻtkazilgan "Qadriyatlar maskanisan, mahallam!” tanlovida birinchi oʻrinni egallaganini misol qilib keltirish mumkin. 2013-yilda uning nomzodi "Oq oltin” ovul fuqarolar yigʻini oqsoqolligiga koʻrsatildi va yakdillik bilan saylandi. U oqsoqollik faoliyati davomida ham oʻzining ishchan, fidoyiligi bilan el hurmatini qozondi.

Rimboy aka maktabda fidoyi ustoz, masʼuliyatli rahbar, el orasida ishchan el oqsoqoli  boʻlsa, oilasida mehribon ota hamdir. Ularning oilasida 5 nafar farzand oʻqimishli, oqil, el koriga yaraydigan, fidoyi boʻlib voyaga yetishdi. Rimboy aka va Yangiljon opa hozirgi kunda ham nevaralariga donishmand bobo, buvi boʻlib, farzandlarining rohatini koʻrib kelishmoqda! Biz shogirdlarga Rimboy akaning hayot yoʻli doimo ibrat maktabi boʻlib qoladi. Biz – 50-sonli maktab oʻqituvchilari aziz ustozimiz, hurmatga loyiq inson Rimboy aka Oʻrozboyevni 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan qizgʻin qutlab, baxtimizga doimo sogʻ-omon boʻling, deymiz.

Guloyim ASQAROVA,

50-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026