ILM-IRFON TAFTI
Mustaqillik – nafaqat taʼlim sohasining, balki har bir oʻqituvchining, hatto oʻquvchining qadrini baland qildi: maktabga ilk qadam qoʻygan mustaqillik davri bolalari Prezident Farmoniga muvofiq 26 xildagi oʻquv anjomlari bilan bepul taʼminlanishi, mamlakatimizda barkamol avlod tarʼlim-tarbiyasi borasidagi gʻamxoʻrliklar ummon boʻlsa, bu – ummondan bir tomchi edi. Mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablari jahon andozalari darajasidagi oʻquv maskanlariga aylantirildi. Qisqa davr ichida yuzlab taʼlim muassasalari, sport inshootlari barpo etilib, yosh avlod ixtiyoriga berildi.
Uzoqqa bormasdan, mustaqillik bergan ulugʻvor imkoniyatlarga tumanimiz misolida nazar tashlaganimizda, xalq taʼlimi sohasida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlar umumiy oʻrta taʼlim maktablarining nafaqat tashqi qiyofasida, balki taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifatida ham tub burilishlar yasalganining guvohi boʻlamiz. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillarida tumanimizdagi 70 ta umumtaʼlim maktablarining 24 tasi, yaʼni uchdan bir qismigina zamonga maʼlum maʼnoda mos keluvchi binolarda joylashgan edi. Mazkur maktablardagi oʻquv jihozlari ham, oʻquv jarayoni ham oʻzgarmas holatda boʻlib, oʻqituvchi bu oʻzgarmas qoidaga qarshi biron bir fikr aytishi mumkin emasdi. Mustaqillik davrida taʼlim-tarbiya jarayoni va taʼlim maskani faoliyatida keskin burilish yasaldi. XTMFMTTEB tasarrufidagi 122 ta taʼlim muassasasida barcha ishlar zamon talablari darajasiga yetkazildi. 82 ta umumtaʼlim maktablari, 37 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 1 ta "Barkamol avlod” bolalar markazi, 1 ta Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida yosh avlodga taʼlim va tarbiya berish uslublari oʻzgardi. Oʻqituvchi-murabbiylar orasida oʻz uslubiga ega ijodkor-oʻqituvchilar yetishib chiqdi va bu ijodkor oʻqituvchilar tomonidan oʻnlab uslubiy qoʻllanmalar yaratildi.
Mustaqillik tufayli bunyod etilgan yangi oʻquv muassasalari binolari, ularda yaratilgan shart-sharoitlardan koʻngillarga xotirjamlik inadi. Bundan 25-yil avval tumanimiz xalqi uchun qoʻl yetmas orzu boʻlgan "xayoldagi sharoitlar” bugun hayotga aylandi. Birgina 2015-2016 oʻquv yilida 719 ta fan toʻgaraklarida salkam 14 ming nafar oʻquvchi-yoshlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashdilar. Faqat umumtaʼlim maktablarining oʻzida tashkil etilgan 415 ta sport toʻgaraklariga 9642 nafar oʻquvchi jalb etildi. Tumandagi 3 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablari huzuridagi 20 dan ortiq toʻgaraklarda yoshlarning oʻz qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.
Bugungi umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi taʼlimning keyingi bosqichi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oʻzlari xohlagan yoʻnalishni tanlab, uch yil davomida toʻla davlat gʻamxoʻrligi ostida tahsilni davom ettirishi uchun jahon andozalari doirasidagi imkoniyatlar mavjud.
Robiya Yoʻldosheva
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶