BITIRUVÇILAR DOIMO DIQQAT-EʼTIBORIMIZDA
Tuman XTMFMTTEB ga qaraşli 82 ta umumiy örta taʼlim maktablari mavjud bölib, 2015-2016 öquv yilida jami 9-sinfni bitiruvçi öquvçilar 3189 nafarni taşkil qildi. Şundan 3016 nafari taʼlim özbek, 37 nafari rus, 47 nafari qoraqalpoq, 76 nafari qozoq, 13 nafari turkman tilida olib boriladigan maktablarning 9-sinflarini tugatdilar.
Uyda yakka tartibda öqitilgan 9-sinf bitiruvçilari esa 7 nafarni taşkil etdi.
9-sinf öquvçilarini taʼlimning keyingi bosqiçiga jalb qiliş hamda ehtiyojini aniqlaş maqsadida 2015-yilning dekabr, 2016-yilning fevral, aprel oylarida 3-marta sörovnoma ötkazildi. Uşbu sörovnomalarni ötkaziş jarayonida 9-sinfni bitiruvçilari, ularning ota-onalari, sinf rahbarlari, maktab amaliyotçi-psixologi hamda maktab rahbarlari iştirok qilişdi.
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan öquvçi-qizlarni hayotga tayyorlaş, ularning kasb-hunar tanlaşlariga imkoniyatlar yaratiş, kasb-hunar haqida tuşunçalarni yetkaziş va öz sevgan kasbini tanlaşda hamda kelajakda tanlagan kasbida fidoyi mehnat qilsa, oilasiga baxt va farovonlik keltirişini anglatişga kömaklaşiş maqsadida hamda "2015-2016 öquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga töliq qamrab olinişini taʼminlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar rejasi”ga asosan 7-9-sinf öquvçi-qizlari uçun "Qiz bolaning kasbi – uning baxti”, "Ilm ol, hunar tanla, Vataning kutar seni”, "Kasb-hunar – qizlar kelajagi”, "Hunarli qiz – yurt kelajagi”, "Bilimli qiz – farişta, hunarli qiz – sarişta” kabi mavzularda 1-15-fevral kunlari davra suhbatlari ötkazildi. Davra suhbatlarida 4100 nafardan ortiq 7-9-sinf öquvçi-qizlari iştirok qilişdi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7-iyuldagi "Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida öqiş bilan qamrab olişni taʼminlaş böyiça normativ huquqiy bazani yanada takomillaştiriş töğrisida”gi 109-sonli qarori va boşqa meʼyoriy hujjatlar asosida 2015-2016 öquv yilida umumtaʼlim maktablari va örta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan hamkorlikda joriy yilning fevral-may oylarida "Kasblar festivali” tadbiri ötkazildi. Reja asosida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilari bilan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga sayohatlar taşkil etildi.
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan öquvçilarning yetuk kasb egasi bölib yetişişlari uçun kasblar haqida köproq maʼlumotga ega bölişlari, kasbiy bilimlarini oşiriş, qiziqtiriş va ongli ravişda kasb tanlaşlariga amaliy yordam beriş maqsadida bitiruvçi öquvçilar örtasida "Men tanlagan kasbning kelajak hayotimdagi örni” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi. Tanlovning maktab bosqiçida 9-sinf öquvçilarining 3100 nafardan ortiği iştirok qilişib, maktab bosqiçida ğolib bölgan 75 nafari tanlovning tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi. Tuman bosqiçida 75 nafar 9-sinf bitiruvçilarining ijodiy işlari hakamlar hayʼati tomonidan örganilib, 3 nafar öquvçining ijodiy işlari Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qiliş uçun taqdim qilindi.
Joriy yilning 20-iyun sanasidan örta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul boşlanib, 30-iyun sanasigaça 3189 nafar bitiruvçilarning hujjatlari töliq topşirildi.
Ularning 2794 nafari tumanimizda faoliyat yuritayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga, 374 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasidagi turli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga, şuningdek, 7 nafari Toşkent şahri, 7 nafari Xorazm viloyatidagi kasb-hunar kollejlariga öqişga joylaşdilar.
Keyingi yillarda umumtaʼlim maktablari bitiruvçilarining kasb tanlaşlariga eʼtibor kuçaytirilayotganligi bejiz emas. Çunki inson tanlagan kasbi, egallagan ixtisosligida bir umr mehnat qiladi. Şuning uçun bu haqdagi qarorni şoşma-şoşarlik bilan şunçaki qabul qilib bölmaydi. Inson özi sevgan kasbida mehnat qilişi unga zavq-şavq bağişlaydi, muvaffaqiyatlar sari intilişiga asos böladi. Bularning hammasi insonga öz faoliyatidan mamnunlik hissini beradi.
Şuning uçun ham maktab taʼlimini tugatayotgan har bir öğil-qizning kasb-hunarni öz iqtidoriga yaraşa, ongli tarzda tanlaşiga erişmoğimiz lozim.
I.RAJABOV, tuman XTMFMTTEB öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş va ruhiy-pedagogik taşxisini uslubiy taʼminlaş kiçik guruhi rahbari.
(Foto - http://navoiy.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶