AJDODLAR ORZUSI
Payğambarimiz (s.a.v.) hadislarining birida tinçlik-xotirjamlik eng katta neʼmat ekanligini taʼkidlab şunday deganlar: "Ikki neʼmat borki, köpçilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Tabaroniy rivoyati).
Xalqimizning yang yaxşi körgan va eng köp takrorlaydigan duosi "Iloho, xonadonlarimizni, tinç va osoyişta yurtimizni obod qil”, degan duodir. Dono xalqimizning "Qöşning tinç – sen tinç”, "Bir kun uruş bölgan joydan qirq kun baraka ketadi”, "Tinçliging – hurliging” kabi maqollarida ham tinçlik qançalik bebaho neʼmat ekani aytiladi. Oqsoqollar nasihatida, onalar aytgan allalarida bejizga tinçlik-xotirjamlik köp tilga olinmaydi.
Tinçlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksaliş va rivojlaniş röy beradi. Odamlarning özaro bir-birlariga bölgan işonç va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bölişi ham asosan xotirjamlikka boğliqdir. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etişi, xalqning Haq taolo buyurgan işlarini mukammal va xotirjam ado etişlari uçun tinçlik va osoyiştalik lozim. Yaratgan Parvardigor Qurʼoni karimda ana şu tinçlikni saqlaş va qadrlaş vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinçlikni tarğib qilişini, şaytoniy yöllarga ergaşmaslik lozimligini taʼkidlab, şunday deydi, "Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirişingiz va şaytonning izidan ergaşmangiz! Albatta, u sizlarga aniq duşmandir” ("Baqara” surasi, 208-oyat).
Qurʼoni karim taʼlim beradiki, har qanday şakldagi zulm va zöravonlik islom aqidasiga tubdan qarama-qarşidir va bironta musulmon ana şunday jinoyatni sodir etişi mumkin emas. Bundan taşqari, musulmonlar Pavardigorlari oldida boşqa odamlarni jinoyat sodir qilişdan qaytarişga masʼuldirlar. Har bir imonli kişining burçi – yer yuzida buzğunçilikka yöl qöymaslik, dunyoda farovonlik va osoyiştalikni qaror toptiriş uçun kuraşişdan iborat.
Alloh rahmatiga muşarraf bölsinlar, Yurtboşimiz I.A.Karimov öz hayotini tinçlik yöliga tikib yaşagan xalq qahramoni edilarki, uning har bir sözi, qilgan işlari biz uçun ibrat maktabidir.
Rajabboy Habibullayev,
"Hoji Eşon”
jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://karmanaovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶