15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:27
Jamiyat 👁 1,435

TOTUVLIKDAN RANG OLGAN BAXT

TOTUVLIKDAN RANG OLGAN BAXT

Dunyoda davlatlar koʻp, el-u elatlar, millatlar koʻp. Har birining  oʻz qonunlari, shart-sharoitlari, amal qiladigan urf-u odatlari bor.

Men televideniye koʻrsatuvlari, radiokanallar, vaqtli matbuot orqali hayotimizda yuz berayotgan yangiliklardan muntazam xabardor boʻlib borish asnosida dunyo  xalqlarining turmush tarzi bilan mamlakatimiz xalqlari hayotini solishtirib, koʻnglim yashnab ketadi. Axir koʻz ochib, shu qutlugʻ zaminni koʻrdim, shu tuproqdan, shu musaffo havodan kuch olib oʻsdim, oʻqib, ilm oldim. Umrimning asosiy qismini oʻzim tugʻilib, oʻsgan Amir Temur nomli ovul yoshlariga tarix va geografiya fanlaridan dars berishga bagʻishladim. Tumandagi oʻqish turkman tilida olib boriladigan 25-sonli maktabda to nafaqaga chiqquncha oʻqituvchi boʻlib ishladim. Oʻzim qozoq millatiga mansub boʻlsam-da, oʻquvchilarimga turkman tilida saboq berdim.

Oilamiz esa baynalmilal oilalardan. Umr yoʻldoshim Bayramgul Nuriyeva turkman qizi. U bilan 4 qiz, 2 oʻgʻilni tarbiyalab, voyaga yetkazdik. Farzandlarimizning barchasi oʻqimishli. Katta oʻgʻlim Bektursun kimyo-biologiya fani oʻqituvchisi, Rustamjon esa boshlangʻich taʼlim boʻyicha oʻqituvchi, ikki  nafar qizim ham mening kasbimni tanlashgan. Ikki qizim hamshira. Turmush oʻrtogʻim umr boʻyi fermer xoʻjaligida ishlab, nafaqaga chiqdi. Oʻndan ortiq nevaralarimiz quvonchini koʻrib, qarilik gashtini surib yashayapmiz. Turkman millatiga mansub kelinlarim, kuyovlarimning ahilligidan quvonib ketaman. Oilamizda turkman, qozoq va oʻzbek xalqlarining urf-odat va anʼanalariga alohida eʼtibor va hurmat bilan qaraladi. Toʻy-marosimlarimizni koʻrsangiz, toʻgʻrisi, havasingiz keladi. Biri-birini toʻldirib, biri-biriga uyqashib, yarashib turgan anʼana va qadriyatlar, oʻzaro hurmat va ehtirom, totuvlik maʼrakalarimizni yashnatib, koʻngillarimizni yayratib yuboradi. Bularning barchasi mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat tufaylidir.

Ushbu qutlugʻ onlarda men aziz Amu elimni, qadrdon doʻst-u birodarlarimni, ildizi bir, tomiri tomirimga tutash jonajon xalqimni mustaqilligimizning shonli 25 yilligi bilan qizgʻin tabriklayman. Ilohim, tinchlik, totuvlikdan rang olgan baxtimiz, istiqlolimiz boqiy boʻlsin!

Aday TILEPOV,

faxriy oʻqituvchi, Amir Temur nomli ovul.

(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019