KUYuK KOʻPIRDA ISTIQLOL TANTANASI
Yaqinda Kuyuk koʻpir ovulida mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tasdiqlagan rejaga asosan "Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” degan gʻoyani ifodalovchi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir 2016-yilning "Sogʻlom ona va bola” deb nomlanishi munosabati bilan qurilgan sport maydonchasining ochilish marosimi bilan boshlandi. Maydoncha shu zahoti futbol oʻynayotgan yoshlar, belanchak uchayotgan bolalarning quvnoq ovozlariga toʻlib ketdi.
Fuqarolar yigʻini raisi Rashid Yerlapasov tabrik nutqi bilan tadbirni ochdi va yigʻilganlarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi. "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi R.Roʻzmetov mahalla ahlini mustaqilligimizning 25 yilligi bilan tabrikladi.
Mahalla keksalaridan Bobojon Ernazarov, mahalla imomi Habibulla Eshimbetovlar barchani bayram bilan qutlab, hozirgi hayotimizning har lahzasini qadrlashimiz, istiqlolni tobora mustahkamlashga hissa qoʻshishimiz har birimizning burchimiz ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi xodimi O.Begimov boshchiligidagi sanʼatkorlar dilrabo qoʻshiqlar kuylab, tadbir qatnashchilarini xushnud qildilar. Bayram tadbirida tumanimizning taniqli ijodkorlaridan Shomurod Xoʻjanov, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi jamoatchi muxbirlari Jamila Yangiboyeva, Zulfizar Rahimboyeva, Shahzod Qurbonboyevlar ishtirok etib, oʻzlarining ona Vatanimizga, istiqlolimizga bagʻishlangan sheʼrlaridan oʻqib berdilar. Tadbir oxirida mahalla faollariga bayram sovgʻalari berildi.
Ahmad NAFASOV,
"Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶