15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:26
Jamiyat 👁 2,957

YuRTNING OBOD MANZILLARI

YuRTNING OBOD MANZILLARI

Mana, 25-yildirki xalqimiz oʻz yurtiga oʻzi beklik qilib, tinch-osuda turmush kechirmoqda.

Mamlakatimizning, shu jumladan, tumanimizning qaysi hududiga bormang, obod va fayzli  koʻchalarni, shinam hovli-joylarni, zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan infratuzilma obʼektlarini koʻrasiz. Deyarli har bir xonadon ostonasida oʻzimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy mashinalar, deyarli har bir  oilaning shaxsiy hovli-joyi, tomorqasi, fayz berib turgan bogʻi, koʻchmas mulki bor.

Yurtdoshlarimiz bunday farovon  va dorilomon kunlarga istiqlol bergan imkonlar tufayli mamlakatimiz oʻz mustaqilligini qoʻliga olgan ilk yillardagi oʻtish davri qiyinchiliklarini hamjihatlikda yengib, erk va ozodlikning qadrini teran anglab, ertagi  kuniga ishonch bilan, sabr va bardosh bilan intilganliklari tufayli yetib keldi.

Shu boisdan-da oʻtayotgan har bir kunimiz yuksalishlarga, rivojlanishlarga boy, har bir kunimiz ezgu niyatlar yoʻlida qilgan mehnatlarimiz samarasidan sururli.

"Choykoʻl” ovulidagilar piru badavlat oilalar haqida gap ketsa, albatta, Amat aka Choʻtboyevning oilasini tilga olishadi.

Xonadon sohibi Amat aka Choʻtboyev 38-yil shu ovuldagi "Choqcha” feldsher-akusherlik punktida feldsher boʻlib ishladi. Qishloq aholisining sogʻligini muhofaza qilish, oilalarda sogʻlom turmush tarzining barqaror boʻlishiga erishish, yosh avlodning ruhan va jismonan sogʻlom boʻlib ulgʻayishi borasida olib borgan fidoyi mehnatlari  nafaqat ovulda, balki butun tumanimizda "Amat doʻxtir” deya tanilishiga sababchi boʻldi.

Otaxon doʻxtir "sogʻlom hayot kechirgan odam kasal boʻlmaydi”, - deya hisoblaydi. Buni eldoshlariga ayni kunda ham  tushuntirishdan charchamaydi, hech kimdan yordamini ayamaydi. Uning oʻz hayotiy falsafasi bor: yaxshilik qilganga yaxshilik qaytadi.

Yoʻl boʻylab mevali, manzarali azim daraxtlar tangadek quyosh nurini oʻtkazmaydigan otaxonning hovlisiga kirib borgan kishi chor-atrofning soʻlimligidan,  qulf urib ochilib turgan anvoyi gullar iforidan, mevasidan shoxlari larzon olma, shaftoli, nashvatilar, tomorqasidagi turli ekinlar hosilini koʻz-koʻz qilib turganidan, beixtiyor inson qoʻli gul ekaniga yana bir bor amin boʻladi.

- Bir vaqtlar oʻz bolamizni oʻylashga, gʻamxoʻrlik qilishga vaqtimiz boʻlmagan. Mustaqillik yillaridagi bunchalik tezkor rivojlanishlarning boisi inson qadr-qimmati yuksalganidan, kelajagimiz egalari, yosh avlodga qaratilayotgan gʻamxoʻrlikning yuqoriligidan, - deydi xayolga berilib otaxon. – Men sobiq ittifoq davrida feldsher boʻlib ishlagan vaqtlarimda paxta terimi, yaganasi davrida  punktimizni oylab yopib, dala ishiga safarbar etishardi. Odamlarning sogʻligiga eʼtiborsizlik shunchalar edi, u paytlar. Shularni oʻylasam, kechagi va bugungi kunimizni solishtirib, qanchalik xoʻrlanganimizni va bugun inson sifatida qadrimiz yuksalganini koʻraman, ilohim bu yorugʻ kunlar abadiy boʻlsin, deb tilayman.

Amat aka Choʻtboyevning ikkala katta farzandlari ham tibbiyot xodimlari. Kichik oʻgʻil Oybek tadbirkor. Doʻkon ochib, hudud aholisiga savdo xizmati koʻrsatayapti. Nevaralar bobo-buvisiga, ota-onasiga yordamchi.

Xonadondagi orastalik, soʻlimlik va toʻkinlikdan, ularning hamjihatlikdagi mehnatlari mahsulidan koʻpchilik oʻrnak olsa, arziydi.

***

Umumiy amaliyot shifokori Zamira Saparova rahbarlik qilayotgan "Qangli” qishloq shifokorlik punktida 5 nafar oliy maʼlumotli shifokorlar, 20 nafar hamshiralar mehnat qilishadi. Tibbiyot muassasasi moslashtirilgan binoda joylashgan boʻlsa-da "Salomatlik-2”loyihasi boʻyicha taʼmirlanib, jihozlangan. Mamlakatimizda aholi sogʻligini muhofaza qilishda eng qulay boʻlgan QVPlarga eʼtibor tobora kuchaytirilayotgani mazkur muassasada ham oʻz ifodasini topgan. Laboratoriya tekshiruv xonasiga ega, tashhis qoʻyish va davolash jihozlari bilan taʼminlangan qishloq shifokorlik punktida sogʻligida muammo tugʻilgan kishilarning turli tekshiruvlardan oʻtib, davolanib, sogʻayib ketishlari uchun barcha sharoitlar bor.

***

"Bosuv” mahallasida qad rostlagan xizmat koʻrsatish obʼekti – "Ismoil ota” toʻyxonasini koʻrgan kishining qishloq joylarda ham shaharlardagidan qolishmaydigan koʻrkam va ulkan zamonaviy uslubda qurilgan binoga hayrati va havasi kelishi shubhasiz. Bu binoda mahalla, hatto yondosh mahalla va ovullar aholisi turli marosimlarini, toʻylarini oʻtkazishyapti. "Ismoil ota toʻyxonasi” oilaviy korxonasi tomonidan qurilib, ishga tushirilgan binoda aholiga koʻpgina qulayliklar ham mavjud. Jumladan, fotosalon, oziq-ovqat mahsulotlari doʻkoni xizmatidan hudud aholisi juda minnatdor. Shuningdek suratga olish, non yopishni oʻrganishni istagan yoshlar kasbga oʻrgatilayapti.

- Yaqin kunlar ichida toʻyxonamizning bir xonasida goʻzallik salonini ham ochishni rejalashtirayapmiz. Bu bilan ham mahallamizning hunarli qizlari ish bilan taʼminlanadi, ham goʻzallik saloniga borish istagida boʻlganlar necha chaqirimlab yoʻl bosib, tuman markaziga qatnashmaydi, - deydi oilaviy korxona rahbari Zamira Xolboyeva.

Tabiatan yangilikka intiluvchan Zamiraning faoliyati yaqinda "Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli – 2016”tanlovining tuman bosqichida "Servis sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” nominatsiyasi boʻyicha ikkinchi oʻringa loyiq topildi va oʻz biznesini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olish sertifikatiga ega boʻldi.

***

Kapital rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etgan "Uyshin” madaniyat va aholi dam olish markazi ayni kunda hudud aholisining eng sevimli maskaniga aylangan.

Markaz direktori Palzada Ubbiniyozova va toʻrt nafar ijodiy xodimlar saʼy-harakatlari bilan qoʻshnay, raqs, rassomchilik toʻgaraklari aʼzolari va hudud aholisi  ishtirokida turli sanalar munosabati bilan oʻtkazilayotgan ijodiy kechalar, tadbirlar katta-yu kichik uchun birday qiziqarli  boʻlayapti. Ayniqsa, kunduzi  turli sohalarda ishlaydigan kishilar uchun kechqurunlari toʻgarak aʼzolari ijrosida namoyish etilayotgan kontsert dasturlari maroqli dam olish soatlariga aylanmoqda.

- Oʻtkazilayotgan tadbirlarimiz davomida odamlarning maʼnaviy oziq olishga nechogʻlik ehtiyoji kuchli ekanligini koʻrib, oʻz ishimizdan mamnun boʻlib ketamiz. Toʻgʻri, hozir televizor hamma xonadonlarda  bor. Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi yangiliklardan xabardor boʻla oladi. Biroq sahnada, jonli ijroda namoyish etilgan kichik-kichik sahnali koʻrinishlar ham odamlarga koʻproq oziq beradi, taʼsirchan boʻladi, - deydi Palzada Ubbiniyozova.

Markazda toʻgaraklar muntazam va samarali faoliyat yuritayotganligi tufayli qatnashchi oʻgʻil-qizlar koʻpgina yutuqlarga erishmoqdalar. Sherxon Oʻtamurodov, Diyorbek Abdullayev, Diyorbek Omonboyev, Oʻtkir Norboyevlar oʻquvchi yoshlar orasidagi turli koʻrik-tanlovda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab kelishayapti.

***

"Qipchoq” ovulidagi 20-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ovul aholisining 35 nafar kichkintoylari taʼlim-tarbiya olishmoqda. Bugungi kun talablari darajasida jihozlangan, ulkan-ulkan daraxtlar soya-salqinida joylashgan bu soʻlim maskanga bolalar har kuni ertalab oshiqib, talpinib kelishadi.

***

Mamlakatimizda har bir oilaning oʻz imkoniyatlariga yarasha foydali  mehnat bilan shugʻullanib, oilasining iqtisodini yuksaltirishlari, toʻq va farovon turmush kechirishlari uchun barcha imkoniyatlar bor. Chunki oilalar obod boʻlsa, mamlakat obod boʻladi.

"Qoʻmyop” mahallasida istiqomat qiluvchi Komil Sultonov 2003-yilda "Qangli” davlat xoʻjaligining chorvachilik fermasini xususiylashtirib olgan edi.

Hozir mazkur fermada 155 bosh qoramol, 100 bosh qoʻy – echki, 10 bosh zotdor otlar boqilayapti. Hudud aholisining 12 nafari ish bilan taʼminlangan fermada keyingi yillarda nasldor qoramollar keltirilganligi, qoramollarning naslini yaxshilashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganligi tufayli chorvachilik mahsulotlari yetishtirish tobora koʻpaytirilayapti.

- Kuniga 150 litrdan ziyod sut  sogʻib olib, yurtdoshlarimiz dasturxoniga tortiq qilayapmiz. Shuningdek, oʻtgan yili 1,5 tonna goʻsht yetishtirdik. Chorvachilik – koni foyda soha. Olinayotgan daromad hisobidan ishchilarimizning ish haqi oyma-oy berib borilayapti, xoʻjaligimizga zarur texnikalar sotib olayapmiz, - deydi ferma mudiri Komil Sultonov.

Mamlakatimizda oziq-ovqat  mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga baholi qudrat hissa qoʻshayotgan ferma chorvadorlarining mehnatlari samarasi oʻzlarining turmushini ham farovon qilayapti.

Tumanimizning qaysi bir xonadonida boʻlsak ham yurtdoshlarimiz hayotining obod, farovonligini oʻz koʻzimiz bilan koʻrishimiz mumkin. Xalqimizni ana shunday nurli manzillarga yetkazgan istiqlolimiz abadiy boʻlsin!

Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ShOMURODOV,

gazetaning maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019