QIZLARGA GOʻZAL XISLATLAR YaRAShADI
Qizlarni gulga qiyoslaymiz. Chunki gul nafis va goʻzal. Qizlar ham huddi shunday, tabiat yaratgan goʻzallik timsollaridir.
Ammo bu taʼrif hamma qizlarga ham xos emas. Baʼzi bir qizlarimiz borki, ularni oʻzbek qizi, sharq ayoli deb aytishga til bormaydi. Ularda hayo, ibo, or-nomus degan tushunchalar mavjud emas.
Biz yoshlar uchun davlatimiz nimalar qilmayapti? Ammo, bu imkoniyatlardan, ayniqsa, baʼzi qizlar nima uchun toʻliq foydalanishmaydi? Sababi bundaylarning dunyoqarashi tor, maʼnaviy qashshoq.
Dunyoqarashi tor, hayot haqida hali tushunchasi kam qizlar oʻzlari bilmagan holda erta turmush qurmoqdalar. Buning oqibatida yosh qizlarimiz yangi uy shart-sharoitlariga koʻnikolmay, ajrimlar koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Xoʻsh, ular bu bir necha oylik oila hayotidan oʻzlariga nima oldilar? Hech nima! Gulday qizlarimiz baxtsiz boʻldi, xolos.
Bu erta turmush qurib, shoshgan qizlarning yolchimagan hayot yoʻli. Lekin ayrim tengdoshlarimiz chetga chiqish, erkin hayot kechirishni orzu qilishadi. Oʻzlarini shunday jirkanch hayotga tayyorlash uchun ochiq-sochiq kiyinishadi. Muomalasida erkakshodalik, hayosizlik paydo boʻladi. Bunday nomaʼqulchilik nafaqat oʻz umriga, balki oilasi, aka-ukalari, tengdoshlari, mahallasi, qolaversa, tugʻilgan yurti uchun hech ketmas dogʻ boʻlib tushishini oʻylashmaydi.
Men bunday dunyoqarashi shakllanmagan tengdoshlarimga:
- Aziz qizlar, har bir qadamingizni oʻylab bosing. Zero, soʻnggi pushaymon – oʻzingga dushman. Kelajak oʻz qoʻlingizdadir, hayotingizni goʻzal xislatlar bilan bezab yashang, - degim keladi.
Sarvinoz QUVVATOVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
(Foto: http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶