15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 02:27
Jamiyat 👁 3,467

VOYaGA YeTMAGANLAR BILAN IShLAShIShDA HAMKORLIK OʻTA MUHIM

VOYaGA YeTMAGANLAR BILAN IShLAShIShDA HAMKORLIK OʻTA MUHIM

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasi ham shu maqsad yoʻlida faoliyat olib bormoqda.

Tumanda  64 098 nafar voyaga yetmaganlar istiqomat qilayotgan boʻlib, ularning 4 ming nafardan ortigʻi 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalarida, 31 ming nafarga yaqini 82 ta umumtaʼlim maktablarida, 8 ming nafardan ortigʻi 8 ta kasb-hunar kollejlari va akademik  litseyda taʼlim-tarbiya olishmoqda.

Yoshlar tarbiyasida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarga qaramasdan, hali ham voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etish holatlari uchrab turibdi.

Masalan, komissiyaga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlardan 2016 yilning 6 oyi davomida 43 ta holatda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushdi. Ushbu maʼlumotlar komissiya tomonidan toʻliq koʻrib chiqildi va 34 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga 2,8 million soʻmlikdan ortiq jarima solindi.

Shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan 4 ta jinoyat sodir qilingan boʻlsa, unda ishtirok etgan oʻsmirlar soni 6 nafarni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 ta jinoyatga oshib ketganligi achinarli hol.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida bunday noxush holatlar yuz berishining oldini olish maqsadida tuman hududidagi turli xil koʻngil ochish joylarida ishchi guruhlar tomonidan 12 marotaba reydlar oʻtkazildi va reydlar davomida 3 ta salbiy holat aniqlanib, bunday joylarga keluvchi voyaga yetmaganlarga tarbiyaviy taʼsirlar oʻtkazish choralari koʻrildi.

Ota-ona, taʼlim muassasasi maʼmuriyati va boshqa masʼullarning loqaydligi oqibatida 2016 yilning oʻtgan 6 oyi davomida 120 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan har xil mazmundagi huquqbuzarliklar sodir etilgan.

Shuni alohida qayd etish joizki, tumanimizda voyaga yetmaganlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun koʻngildagidek shart-sharoitlar yaratilgan. Birgina "Barkamol avlod” bolalar markazida 20 ta toʻgarak tashkil etilgan boʻlib, bu toʻgaraklarda oʻsmir-yoshlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha iqtidorlarini namoyon etishlari mumkin. Bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun xizmat qiluvchi bunday toʻgaraklar tumanimiz hududidagi barcha ovul va mahallalarda tashkil etilgan boʻlib, ularga 19604 nafar voyaga yetmaganlar jalb etilgan.

Bolalarning sport bilan shugʻullanishlari, salomatliklarini mustahkamlashlari uchun tumanimizning barcha hududlarida, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarida, shuningdek, mahallalarda sport-sogʻlomlashtirish inshootlari faoliyat yuritmoqda. Demak, voyaga yetmaganlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun yaratib berilgan sharoitlar, imkoniyatlar oʻsmir-yoshlarning  har jihatdan yetuk va barkamol inson sifatida shakllanishlari uchun yetarli. Faqat bu borada ota-onalar, oʻquv maskanlari mutasaddilari hamda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlaridagi masʼul xodimlar birozgina fidoyilik qilishlari talab qilinadi. Zero, farzandlarimiz bizning kelajagimizdir.

Samad DILMANOV,

tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasi kotibi.

(Foto - http://siyosat.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019