MUSTAQILLIK ULARNING ORZUSI EDI
Istiqlolni orzu qilib, lekin istiqlolga erisha olmagan istiqlol fidoyilari – Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Avloniy, Oybek, Mahmudxoʻja Behbudiy kabi ziyoli, maʼrifatparvarlar edilar. Ular oʻz umrlari davomida istiqlolni asarlarida, sheʼrlarida namoyon qilishgan.
Istiqloldan avval Abdulla Qodiriyning asarlarini oʻqishni taʼqiqlab qoʻyishgan. Lekin oʻzbek xalqi bu kitoblarni yashirincha oʻqishgan. Shundan maʼlumki, oʻzbek xalqining adabiyotga boʻlgan, savodxonlikka boʻlgan mehri hamma narsadan ustun.
Abdurauf Fitrat oʻzbek dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshgan adib. U darsliklar yaratib, milliy maʼnaviyatni yuksaltirishda Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiylar singari fidoyilarcha yoʻl tutgan. Qonunsizlik, jaholatparastlikka qarshi kurashgan.
Usmon Nosir xalqni bilimga, maʼrifatga chorladi. Uning sheʼriyati istiqlol, erk va ozodlik nurlari ila yoʻgʻrilgan.
Abdulla Avloniy maktab ochib, bolalarni oʻqitgan. Butun kuchini millat kamoloti, taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan.
Mustaqillik poydevori ana shu buyuk bobolarimiz orzularidan boshlangan. Shuning uchun ularni xalq, Vatan, adabiyot unutmadi. Ular orzu qilgan kunlarga biz erishdik. Endilikda biz qiyinchilik bilan erishgan mustaqilligimizni asrab-avaylab, chiroyli xulqimiz, kuch va bilimimiz bilan yanada boyitmoqdamiz.
Mustaqilligimiz abadiy, tinchligimiz barqaror boʻlsin! Pir-u badavlat keksalarimizning umri uzoq boʻlib, goʻdaklar yuzidan kulgu arimasin! Insonlar oʻrtasida bir-biriga boʻlgan mehr-oqibat hech qachon yoʻqolmasin!
Maftunaxon KENJABOEVA,
"Yosh muxbir” toʻgaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶