KOʻRGAZMALI SEMINARDA SUVNI TEJASh AMALIYoTI
Ayni kunlarda qishloq xoʻjaligida muhim tadbir – gʻoʻza vegetatsiyasi davrida yerlarni sugʻorish mavsumi boshlanmoqda. Mavsum avvalida joylarda koʻrgazmali seminarlar oʻtkazilib, sugʻorish davrida suvni tejash masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanda 2016-yil hosili uchun ekilgan gʻoʻza va qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan taʼminlash uchun sugʻorish mavsumida 570 million kub metr suv limiti ajratilib, shu kungacha suv isteʼmolchilariga 102,2 million kub metr suv yetkazib berildi.
Kunlik olinayotgan suvning asosiy qismi, yaʼni 70 foizini gʻoʻza maydonlariga yoʻnaltirish, sugʻorish ishlarining 65-70 foizini tungi vaqtda amalga oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish, gʻoʻza maydonlarining chanqab qolishiga yoʻl qoʻymaslik hamda suvni tejaydigan texnologiyalarning keng qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida tumanimizga 14 dona koʻchma egiluvchan quvurlar komplekti olib kelinib, 14 ta fermer xoʻjaligiga tarqatildi.
Mavsum oldidan Namuna mahallasidagi "Davletov Toʻlqin” fermer xoʻjaligida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda sugʻorish ishlari koʻchma egiluvchan quvurlar yordamida olib borilsa, kunlik olinayotgan suvning 25-30 foizini iqtisod qilishga erishilishi fermerlarga amalda koʻrsatib berildi.
Koʻrgazmali seminarda paxta ekilgan dalalarni koʻchma egiluvchan quvurlar yordamida sugʻorish amaliyoti namoyish qilindi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶