RAIS VA UNING MASLAHATChILARI SAYLANDI
20-may kuni Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha fuqarolar vakillarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda rais va uning maslahatchilarini ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylashga kelishildi. Dastlab yigʻilish reglamenti tasdiqlandi. Soʻngra ovoz berish natijalarini aniqlash uchun uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylandi.
Shundan soʻng fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarga soʻz berildi. Nomzodlar oʻzining kelgusi faoliyat dasturi haqida maʼruza qilib, fuqarolar vakillari mazkur maʼruzalar boʻyicha muhokamalarda ishtirok etdilar.
Mahalla fuqarolarining vakillari alifbo tartibida ovozga qoʻyilgan har bir nomzod boʻyicha alohida ovoz berdilar. Shu tarzda fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ham alifbo tartibida ovozga qoʻyildi. Sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzod boʻyicha ovozlar sanab chiqildi. Sanoq komissiyasining xulosasi bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, fuqarolar vakillarining yigʻilishi tomonidan tasdiqlandi. Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning zarur miqdordagi ovozini olgan nomzod Bahodir Otajonov fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga, 10 nafar nomzodlar esa rais maslahatchisi qilib saylandi.
Shuningdek, saylov yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinib, mazkur qaror yigʻilish ishtirokchilari tomonidan tasdiqlandi.
Endilikda Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar vakillarining yigʻilishi bir oy ichida fuqarolar yigʻini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi. Shu tariqa Durunki mahallasida oʻzini-oʻzi boshqarish tuzilmasi shakllanadi.
Shuhrat JUMANIYoZOV,
16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori, Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh raisi.
(Foto - http://muloqot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶