“Biz – barkamol avlod, porloq kelajak bunyodkorlarimiz” tanloviga
VATANIM
Har qarich tuprogʻing aziz muqaddas,
Tillodan kam emas har giyoh, toshing.
Osmoning musaffo boʻlsin, ey Vatan!
Mangu porlayversin baxt quyoshing.
Boshimga qoʻngan iqbol tojimsan,
Olam-olam shodligim, quvonchimsan.
Qalbdagi iymonim, ishonchimsan,
Kelajakning porloq yoʻlisan, Vatan!
Nilufar TURKMANBOYeVA,
18-sonli maktab oʻquvchisi.
BEKLAR YuRTI BU
Vatanim sajdagoh kabi muqaddas,
Yuksalish boʻlmoqda hozir har nafas.
Qay goʻshaga borsang, qilarsan havas,
Oʻzligin asragan beklar yurti bu.
Baxt quyoshi kuldi, mustaqil boʻldi,
Insonlar qalbiga intilish toʻldi.
Ertangi kun uchun ishonch tugʻildi.
Oʻzligin asragan beklar yurti bu.
Buyuk allomalar yashagan makon,
Bagʻri keng oʻzbegim surmoqda davron.
Qilgan ishlariga qolarsan hayron,
Oʻzligin asragan beklar yurti bu.
Oltinoy SOBIROVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶