IShLAB ChIQARISh AMALIYoTINING AHAMIYaTI KATTA
Respublikamizda uzluksiz oʻn ikki yillik bepul taʼlimning joriy qilinishi, taʼlim sohasining rivojlantirilib, taʼlim samaradorligini oshirishga qaratilayotgan eʼtibor va qabul qilinayotgan qonunlar biz yoshlarning intellektual salohiyatimiz yuksak darajada boʻlishiga zamin yaratmoqda hamda biz kollej oʻquvchilarining, ayniqsa, bitiruvchi yoshlarning biron kasb egallashimiz, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorlanishimiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda. Qolaversa, kollejlarda oʻquvchilarning oʻrgangan nazariy bilimlarini amalda qoʻllash imkoniyatining borligi nazariy bilimlarimizni har tomonlama amaliyotda sinab koʻrish imkonini ham bermoqda. Bizning Mangʻit iqtisodiyot kollejimizda ham umumkasbiy va maxsus fanlar chuqur oʻrgatilib, ikkinchi bosqichdan oʻquv amaliyoti oʻtildi va oʻquv amaliyotida oʻrgangan bilimlarimizni amalda qoʻllash uchun oʻz mutaxassisligimiz boʻyicha turli korxona va bank muassasalariga ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildik. Men hozirda ishlab chiqarish amaliyotini oʻzimning mutaxassisligim – buxgalterlik yoʻnalishi boʻyicha tuman tibbiyot birlashmasining hisob-kitob boʻlimida oʻtamoqdaman. U yerda bizni boʻlim boshligʻi va bosh hisobchi Oybek Davletov yaxshi qabul qildi va bizlarga biriktirilgan masʼul xodimlarning barchasi hisob-kitob boʻlimining ish tartibini hamda oʻz bilimlarini amalda sidqidildan oʻrgatib kelmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1761-sonli qaroriga muvofiq chet el tajribasini inobatga olgan holda qaytadan ishlab chiqilgan yangi oʻquv rejalari va dasturlari asosida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtkazishni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim markazining 2015-yil 8-apreldagi 94-sonli buyrugʻi boʻyicha "Ishlab chiqarish amaliyoti” kundalik daftarlari hozirda davlat taʼlim standartlariga mos ravishda oʻquvchilar tomonidan toʻldirib borilmoqda. Bizga ustozlarimiz hamisha biror-bir kasbni egallagan inson hayotda hech qachon qoqilmaydi, deb taʼkidlashadi.
Oʻzbek xalqi, bu elning hatto oddiy choʻponi-yu dehqoni ham azaldan xat-savodli boʻlgan. Shu sabab bu yurtdan olim-u mutafakkirlar, donishmandlar yetishib chiqqan. Biz mana shunday buyuk ajdodlarga munosib avlod boʻlishimiz, oʻqib-oʻrganishimiz lozim. Kasb sirlarini oʻrganishda esa ishlab chiqarish amaliyotining ahamiyati katta.
Feruza YOʻLDOShEVA, Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶