“Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!”
2016-yil 17-aprel kuni tumanimizda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bağişlanib "Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!” şiori ostidagi yoşlar festivali ötkazildi. Festival yoşlarni mamlakatimizda mustaqillik yillarida erişilgan yutuqlar, demokratik özgarişlar bilan yaqindan taniştiriş, ularda Vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik va şukronalik tuyğusini şakllantiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni "ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan saqlaş, kelajagimiz egalarini milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalaş maqsadida taşkil qilindi.
Tumanimizning minglab yoşlari qamrab olingan festival doirasidagi tadbirlarda Özbekistonda xizmat körsatgan artist Zuhra Aşurova, xonanda Toşpölat Matkarimov, aktyor Umid Şodmonov, ÖzR FA fizika instituti ilmiy xodimi Azizbek Boltaboyev, Yoşlar media markazi xodimi Ötkir Nöʼmonov va boşqalar iştirok etişdi.

Dastlab Amudaryo akademik litseyida "Odam savdosi – davr
muammosi”, "Diniy ekstremizm va terrorizm – yoşlar kelajagiga tahdid” loyihalari
doirasida yoşlar iştirokida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda inson, uning şaʼni, qadr-qimmati, osoyişta turmuşi hamda kelajagiga tahdid solayotgan odam savdosi va yot ğoyalar taʼsiridan yoşlarni asraş, ularni soğlom eʼtiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalaş hamda turli diniy oqimlar taʼsiridan asraş mavzularida maʼruzalar tinglandi.

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Siz sevgan qahramonlar”
loyihasi doirasida yoşlarning kino va teatr aktyorlari hamda estrada xonandalari bilan ijodiy uçraşuvi ötkazildi.

Uçraşuvda söz olganlar davlatimiz tomonidan yoşlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, şart-şaroitlar haqida töxtalib, yoşlarni ona Vatanimiz ravnaqi yölida sidqidildan xizmat qilişga çorladi. Iştirokçilar sevimli qahramonlariga hayoti va ijodiy faoliyatiga oid savollar bilan murojaat qildilar va tegişli javoblar oldilar.

Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida "Zamonamiz qahramonlari”
loyihasi doirasida turli sohalarda yutuqlarga
erişgan yoşlar, davlat mukofotlari sohiblari iştirokida uçraşuvlar ötkazildi.

Uçraşuvda Vatanimiz işonçi, el-yurt suyançi bölmiş iqtidorli yoşlar özlariga qaratilayotgan eʼtibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar uçun Yurtboşimizga minnatdorçilik bildirdilar.
"Nuroniylar eʼzozimizda” loyihasi doirasida esa patronaj yoşlar guruhlari tomonidan tumanimizning 5 ta hududida yaşovçi 5 nafar uruş qatnaşçilari va mehnat fronti faxriylari, yolğiz qariyalar va nogiron keksalar holidan xabar olinib, ularning uy yumuşlariga kömaklaşildi. Festival mehmonlari ham nuroniylarning oilalariga taşrif buyurib, ularga esdalik sovğalari topşirdilar va duolarini oldilar.

Bundan taşqari, 300 nafar tumanimiz yoşlari Ellikqalʼa tumanida ötkazilgan yakuniy gala-kontsertda iştirok etib qaytişdi.
Yoşlarni yurt istiqboli yölida birlaştiriş, ularni yanada yuksak marralar sari çorlaş maqsadida taşkil qilingan festival, uning doirasida ötkazilgan barça tadbirlar iştirokçilarda olam-olam taassurotlar qoldirdi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶