DORBOZLIK SANʼATI YaNADA RIVOJLANADI
Mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan söng Özbekistonimizda milliy bayramlarimiz, qadimiy urf-odatlarimiz – qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Şu barobarida milliy öyinlarimizdan biri – dorbozlik sanʼatini rivojlantirişga ham katta eʼtibor berildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi "2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qiliş, asraş, tarğib qiliş va ulardan foydalaniş Davlat dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi 222-sonli qarori hamda Madaniyat va sport işlari vazirligining 2015-yil 26-oktyabrdagi 1381-sonli buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida ötgan yilning oxirida Toşkent şahrida "Milliy dorbozlik sanʼatini rivojlantirişning dolzarb masalalari” mavzusida soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotçilar, dorbozlik jamoalari hamda tsirk guruhlarining badiiy rahbarlari iştirokida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi.
Uşbu anjumanda Ijodiy birlaşmalar va xalq ijodiyotini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği A.Jamoliddinov, Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy işlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori A.Haydarov, teatrlar va tomoşa muassasalari işlari birlaşmasi boşliği Z.Yuldaşev, madaniy-maʼrifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boşqarmasi boşliği A.Mirzarahimov, Axborot-tahlil va matbuot xizmati boşqarmasi boşliği S.Bobojonov, Özbek davlat tsirk respublika boşqarmasi direktori S.Qurbonov, Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy işlar respublika ilmiy-metodik Markazi direktori örinbosari Q.Amanqulov, respublika estrada-tsirk kolleji direktori K.Zaripova va Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy işlar respublika ilmiy-metodika markazi bölim boşliği M.Yuldaşevalar sözga çiqişib, milliy dorbozlik sanʼatini rivojlantiriş böyiça öz fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirdilar.
Uşbu anjumanda yoşlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda Dorbozlik sanʼatini rivojlantiriş yölidagi kamtarona mehnatlarim uçun Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi, respublika Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy işlar metodik markazining "Faxriy yorliği” bilan taqdirlandim.
Men uşbu anjumandan bir olam quvonç bilan qaytdim va özim rahbarlik qilayotgan "Jayxun dorbozlari” guruhi faoliyatini yanada jonlantirişga bel boğladim.
Töraboy EŞÇANOV,
"Jayxun dorbozlari” guruhi badiiy rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶