Amudaryo tuman hokimining qarorlari
Amudaryo tumanidagi barça xöjalik yurituvçi taşkilotlarga va fuqarolarga tegişli bölgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarni majburiy texnik körikdan ötkaziş haqida
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizomi (Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari töplami, 2003 yil, 1-, 2-son, 17-modda)ga asosan hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2016-yil 4-yanvardagi 02-08/7-01/2-sonli majlis bayoni qarorining ijrosini taʼminlaş maqsadida, "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi (Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda)ga asosan tumanda barça xöjalik yurituvçi subʼektlar va fuqarolarga tegişli bölgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş maqsadida QAROR QILAMAN:
1.Quyidagilar:
a) fuqarolarga va tumandagi korxona, taşkilot va muassasalarga tegişli avtomototransport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş böyiça tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq (ilovalar berilmaydi);
b) Amudaryo tumanidagi barça xöjalik yurituvçi taşkilotlarga va fuqarolarga tegişli bölgan avtomototransport vositalarini va tirkamalarni majburiy texnik körikdan ötkaziş jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman içki işlar bölimining yöl harakati xavfsizligi bölinmasi bilan "AGAT AVTOQURILISH SERVIS” masʼuliyati çeklangan jamiyati örtasida transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş böyiça şartnoma tuzilganligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.
3. "Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizomning 1-bölimi 5-bandidagi "a” qismiga asosan transport vositalarining texnik körigi:
birinçi marta 2016-yil 1-martdan 30-iyungaça;
ikkinçi marta 2016-yil 1-sentyabrdan 31 oktyabrgaça;
Yuridik şaxslarga qaraşli bölgan transport vositalarining texnik körigi 2016-yil 1 martdan 30-iyungaça;
Jismoniy şaxslarga qaraşli bölgan transport vositalarining texnik körigi 2016-yil 1 yanvardan 30-avgustgaça ötkazilişi belgilansin.
4. Tumandagi jismoniy şaxslar hamda barça korxona, taşkilot va masʼuliyati çeklangan jamiyatlariga qaraşli transport vositalari belgilangan muddatda majburiy texnik körikdan ötkazişga olib kelinsin hamda texnik jihatdan sozlab, ularning yaroqli holatga olib kelinişi taʼminlansin.
5. "Taraqqiyot közgusi” gazetasi (boş muharriri Ğ.Yeşniyazov)ga transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş işlari boşlanganligini hamda uning borişini gazeta sahifalarida yoritib boriş tavsiya qilinsin.
6. Tuman hokimligi huquqşunosi (Ş.Abdullayev) mazkur qarorning tumandagi "Taraqqiyot közgusi” gazetasida çop etilişini hamda tuman hokimligi veb saytiga joylaştirilişini taʼminlasin.
7. Tuman hokimining 2015-yil 26-fevral kungi 91-sonli qarori ("Taraqqiyot közgusi”, 2015-yil 28 fevral, 8(7115)-son) 2015-yil 31-dekabrdan öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qilişni öz zimmamda qoldiraman.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Tuman hokimining birinçi örinbosari: B.Ernazarov.
Manğit şahri, 2016-yil
29 fevral. 94-son
Tumandagi qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni, şuningdek, maşina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş töğrisida
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 25-aprelda 2452-raqam bilan röyxatdan ötkazilgan "Qişloq xöjaligi va meliorativ texnikani, şuningdek, maşina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi Nizom”ning (Özbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari töplami, 2013 y., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib çiqib, tumanda 2016-yil qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni, maşina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik majburiy texnik körikdan ötkaziş maqsadida "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:
1) Quyidagilar:
a) tuman hududidagi qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni, şuningdek maşina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik körikdan ötkazuvçi tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq (ilovalar berilmaydi);
b) tumandagi qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni, şuningdek maşina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik körikdan ötkaziş jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va körsatilgan muddatlarda texnik körikdan ötkazilsin.
2. Texnik körikdan ötkazuvçi tuman komissiyasiga mulkçilik şaklidan qatʼiy nazar, barça rusumdagi qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni, şuningdek maşina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik körikdan ötkaziş töğrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy şaxslarga yetkaziş hamda talabga javob bermaydigan texnik nosoz texnikalarni işlatişni qatʼiy man qiliş;
texnik körik davomida qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar, şuningdek maşina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorçi-maşinistning tegişli texnikani boşqariş uçun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarning örnatilgan tartibda röyxatdan ötkazilganligi va boşqa texnik talablar asosida amalga oşiriş;
texnik körikdan ötgan texnikalarni dalolatnomalar asosida işlaşga ruxsat berişni taşkil qiliş vazifalari yuklatilsin.
3. Tumandagi barça fermer xöjaliklari, ularga xizmat körsatuvçi korxona, taşkilot, tijorat banklari rahbarlari va mahalla raislariga:
hisobida mavjud bölgan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarini, asbob-uskunalarni texnik körikdan öz muddatida ötkaziş uçun tayyorlab, belgilangan maydonçalarga yiğiş;
har bir mahallaga öz hududidagi şaxsiy texnikalarning texnik körikdan ötişini taşkillaştiriş vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari (M.Temirbayev)ga:
tumandagi korxona, taşkilot, maşina-traktor parki oçiq aktsiyadorlik jamiyati, muqobil maşina-traktor parklari, fermer xöjaliklari va fuqarolarda mavjud bölgan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni, asbob-uskunalarni yillik texnik körikdan ötkaziş bilan boğliq bölgan yiğimlarni tölaşga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam beriş topşirilsin.
5. Tuman hokimligi huquqşunosi (Ş.Abdullayev) mazkur qarorning tumandagi "Taraqqiyot közgusi” gazetasida çop etilişini hamda tuman hokimligi veb-saytiga joylaştirilişini taʼminlasin.
6. Tuman hokimining 2015-yil 20-yanvar kungi 34-sonli qarori ("Taraqqiyot közgusi”, 2015-yil, 28-fevral 8(7115)-son) 2015-yil 31 dekabrdan öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qilişni öz zimmamda qoldiraman.
8. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Tuman hokimining birinçi örinbosari: B.Ernazarov.
Manğit şahri, 2016 yil 29-fevral. 98-son

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶