14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:11
Jamiyat 👁 3,342

“Kamolot”ning loyihalari va tanlovlari IQTIDORLI YoShLARNI KAShF ETMOQDA

“Kamolot”ning loyihalari va tanlovlari IQTIDORLI  YoShLARNI  KAShF  ETMOQDA

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, oʻqish, dam olish, yashash sharoitlarini jahon andozalari darajasiga koʻtarish, sport bilan shugʻullanishlari, kasb-hunar egallashlari hamda tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritishlari uchun zarur qonuniy asoslar yaratilgan. Aynan shu maqsadda turli xil tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar uchun turli mazmundagi imtiyozlarning berilishi – yoshlarning, xususan, tumanimiz yoshlarining hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2016 yilning 25-fevral kuni Amudaryo akademik litseyida "Oʻzbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida "Mening biznes gʻoyam” va "Yosh tadbirkor - yurtga madadkor” tanlovlarining targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilishi ham tumanimiz yoshlarining oʻz iqtidorlarini namoyon etishlarida muhim omil boʻldi. Tadbirda harakatning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi mutaxassislari, tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha valantyorlar va tumanimizdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar maskanlari bitiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda "Mening biznes gʻoyam” va "Yosh tadbirkor - yurtga madadkor” tanlovlarining oʻtkazilish shartlari haqida tushunchalar berildi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi bosqichlarida faol ishtirok etgan  tanlov ishtirokchilariga Respublikamizdagi banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilib, kredit foizi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan toʻlab berilishi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

"Oʻzbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini  amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini taʼminlash va oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yanada yaxshilash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda yashovchi yoshlar orasida oʻzaro madaniy sport aloqalarini yoʻlga qoʻyish, yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb qilish hamda sportning shaxmat turini rivojlantirish, shu orqali yoshlari orasidan isteʼdodli shaxmatchilarni izlab topish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi, tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi, "Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman boʻlinmasi, tuman XTMFMTTEB bilan hamkorlikda 2016-yilga moʻljallangan qoʻshma qaror qabul qilindi. Ushbu qoʻshma qaror asosida Harakatning tuman Kengashi tomonidan "Kamolot shaxmat taxtasi” turnirining birinchi bosqichlari va tuman bosqichi oʻtkazildi.

"Kamolot shaxmat taxtasi” turnirining tuman bosqichi 2016-yilning 24-fevral  kuni tumandagi 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazildi. Musobaqaga tuman hududiy bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 6-8, 9-11, 12-14, 15-16, 17-19 yosh toifalarida oʻgʻil va qiz bolalardan 70 nafar yosh havaskor shaxmatchilar qatnashdilar.

Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

 

M.OʻROZBOYeV, 

"Kamolot” YoIHning tuman Kengashi raisi.

(Foto - http://www.sammi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019