HAMKORLIK – YaXŞI NATIJALAR MEZONI
Tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida oila – mahalla – maktab hamkorligida davra suhbati bölib ötdi.
Yiğilişga Oybek nomli mahalla fuqarolar yiğini raisi Örazimbat aka Saʼdullayev, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi Momojon opa Rahimova, maktabning maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari Nurbek Örozboyev, maktab ruhşunosi Gulxan Örazmetova, boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti raisi Omongul Adilboyeva hamda ota-onalar qatnaşdilar.
Yiğilişda yoşlar, ayniqsa ösmirlar örtasida sodir etilayotgan jinoyatçilikning oldini oliş hamda öquvçilarni turli yot ğoyalar taʼsiridan asraş, internet tarmoği va qöl telefonidan foydalaniş madaniyati xususida Oybek nomli mahalla fuqarolar yiğini raisi Örozimbat aka Saʼdullayev maʼruza qildi va ota-onalarni huşyorlikka, ogohlikka, farzand tarbiyasiga masʼuliyat bilan qaraşga daʼvat etdi.
Momojon Rahimova esa 2015-yilda tumanimizda ösmirlar örtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar haqida gapirib, ota-onalarni farzandlari tarbiyasiga eʼtiborli bölişga çaqirdi.
Maktab ruhşunosi Gulxan Örazmetova öquvçilarni 12 yillik taʼlimga jalb etiş, tumanimizdagi akademik litsey va kollejlardagi imkoniyatlar hamda 12 yillik majburiy taʼlimning huquqiy asoslari töğrisida keng tuşunçalar berdi.
Boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti raisi O.Adilboyeva maktab içki tartib-qoidalari, öquvçi intizomi, davomati va tozalik haqida gapirib, ogohlik – davr talabi ekanligini, maktab – oila – mahalla hamkorligida qilinadigan işlarga masʼuliyat bilan yondaşiş zarurligini taʼkidladi.
Öquvçilarni tögaraklarga jalb etiş va ularning natijalari haqida Nurbek Örozboyev ota-onalarga maʼlumot berdi. Yiğilişda iştirok etgan ota-onalar öz farzandlari taqdiriga, kelajagiga yanada masʼuliyat bilan yondaşiş zarurligini yana bir bor anglaşdi.
Zuhra AHMEDOVA.
(Foto - http://huquqburch.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶