KATTA XONADONNING FARIŞTA ONASI
Ayol – nazokat, gözallik, bağrikenglik, mehr-muhabbat, vafo-yu sadoqat, samimiyat, ... fidoyilik, hatto oriyat timsoli. Unga onam, deb, jon riştasi ila tutaş opa-singlim, rafiqam va farzandijonim, deb intilamiz, intilaveramiz. Uning uçun hayotning borki lazzati, körk-u tarovati, quvonç-u baxti bitta söz zamirida – farzandi-jahonida! Uning uçun birgina göşa aziz. Bu olamning eng sölim ayvoni – muqaddas Oila! Ayol ana şu Oila saltanatining havolari musaffo, farzandlarining barkamol inson bölmoği uçun umrini baxş etib yaşaydi. Uning şundayin fidoyiligi bois, yurtimizda fayz-u tarovat bor, barokat bor...
XADIÇA
Tong bilan ovulga xunuk xabar tarqaldi. "Qangli” ovulining u boşidan-bu boşigaça har bir xonadonga boş suqib:
- Jangaboy montyor qaytiş bölibdi, - deya janoza xabarini keltirgan yigitga köpçilik: "hey, nafasingni şamol uçirsin-a”, - deb qöyişardi.
Lekin kulfat-kulfat-da, baqirib-çaqirib kelmaydi, odam tanlamaydi. Öşa maşʼum kunda oila boşiga tuşgan bemavrid yöqotiş ovulning mehnatkaş va fidoyi, oq köngil bir yigitini qirçillama yoşida hayotdan olib ketdi. Xadiça 8 nafar yetimçasini bağriga bosgança, oilaning oğir taşvişini yelkasiga oldi. Baʼzilarga öxşab dardini dasturxon qilib, ğamlarini dilidan tiliga çiqarmadi u. Xadiçaga noliş, qiyinçiliklar qoşida boş egiş begona edi. Hali juvon yoşida soçlari quvday oqarganida, biri eşikda, birlari beşikda otasiz yetim qolgan öğil-qizlari uçun tökis hayot tarzini yarataman, deb özini ötga, çöqqa urib, çehrasidagi latofat örniga çiziqlar tortilganida, mehnat maşaqqatlaridan qaddi dol, qöllari dağallaşib ketganida ham Xadiça nadomat köksiga boş qöymadi. Har tongni u gözal bir sabr etagida şukrona ila qarşiladi. Sirlarini mehnat quçoqlariga yaşirdi, umrining eng qiyin damlarida ham özini yana va yana mehnat quçoğiga otdi. Ana şu mehnat Xadiçaning diliga taskin, hayotiga mazmun, umriga yetgulik fayz berdi. Alpomişday beş öğil, Barçinoyday uç qizi kamolga yetganida, çor tarafi boğ-böston bölganida gözal va nazokatli Xadiçaning çehrasiga nuroniylik indi.
KEÇA VA BUGUN
Sakkiz farzandi sakkiz joyda obod makon bunyod etib, el-yurtga singib ketganidan Xadiça momoning köksi toğ bugun.
- Bu yil 91 yoşga tölayotirman, - şukronalik bilan deydi onaxon. – Umr deganlari oqar suvday oqib ötaveradi. Alloh bergan hayotni nolişlarsiz, juda pokiza yaşab ötkazmoq kerak. Bu hayot degani biz bandalarga bir siylov, ham sinov, bolalarim.
Onaxon özi boşidan keçirgan oğir yillar haqida hikoya qilarkanlar, har ikki gapning birida tilidan şukrona tuşmaydi.
- Agar ötmiş azoblaridan söz aytsam, qizim, kitoblarga siğmaydi. Ötmiş – ötmişda qolsin, deyman-u, kunni-tunga ulab mehnat qilgan yillar zahmatini unutmoq ham oson emas-da...
Yillar ortidan momoning quloğiga bir sas keladi:
- Xatça, hov Xatça, sariyoğ planga moyingni olib çiq!
Bu brigadirning ovozi. Xadiça sakkiz bolasining rizqidan qirqib-qirqib yiqqani – kuvidan çiqqan 4-5 kilo sariyoğni dillari zil ketib brigadirning oldiga qöyadi.
- Göşt planga kelasi oydan mol olişni boşlaymiz, - brigadirning bu xabaridan Xadiçaning jismi muzlab ketadi göyo.
- Xirmon joyga keça paxtani kam çiqaribsan. Şunça bolang bilan kam paxta olib çiqqani uyalmaysanmi?
Brigadir Xadiçaga zuğum qilib buyuradi:
- Bugun qanor töla bölsin!
Tun böyi işga yarab qolgan bolalari bilan kösak çuviydi boyaqiş. Yarim tunda, soat ön ikki, birlar çamasida qanor töla paxtani ğaltak aravaga joylab, brigadaning xirmonjoyiga eltadi. Tongda yana dalaga otlanadi...
- Bugungi zamonani qara-ya, qizim, bolalar dalaga çiqmaydi, "öqisin, ilm olsin”, deydi Prezidentimiz. Biz arpa noniga yetişsak, özimizni eng tökin xöjalik egasi deb hisoblardik. E-ha, bolalarim-a, yönğiçqa maysasini, tomirini qaynatib, bir siqimgina un aralaştirib tanovul qilib, jon saqlaganmiz. Brejnev, Gorbaçev degan podşohlarning zamonida ayol zoti qadr topgani yöq. Bolamizning kindigi tuşmasidan dalaga çiqib ketaverardik. Farzandlarimizning kattalari kiçiklariga qarardi. 12-13 yoşga yetgan öğil-qizlarimiz kolxozga işga çiqib ketişardi...
Xalqimizning peşonasida yoruğ kunlar bor ekan. Yurtboşimiz Islom Karimov omon bölsin! El-yurtni yoruğlikka olib çiqdi u! Qadr-qimmatimiz oşdi.
Biz körgan oğir kunlarni bugungi yoşlar aslo körmasin.
KATTA OILANING IBRATLI FARZANDLARI
Momoning yuzi quvonçdan yaşnab ketadi.
- Bolalarimning bari oliy maʼlumotli, öqimişli, - deydi u mamnuniyat bilan. – ikki öğlim şifokor, birlari arxitektor, öqituvçi, harbiy. Kelinlarim bilan kuyov bolalarimni öz bolalarimdan kam körmayman. Hammalarining boğ-roği, makoni obod, maşinalari bor. Ikki-uç kun böldi, Töraboy öğlim ham yangi maşina oldi.
Momo 29-sonli maktabda öquv işlari böyiça direktor örinbosari bölib işlovçi örtança öğli Töraboy aka Jangaboyevning dolonida yaraqlab turgan yap-yangi "Neksiya” avtomobilini körsatib:
- Halol mehnatda hikmat köp, - deydi quvonib. – Töraboy ham, kelinim Raʼnojon ham, nevaralarim ham aslo mehnatdan qoçişmaydi. Töraboy öğlimning farzandlari ham barçasi öqimişli.
Xadiça momo Otaboyevaning katta xonadonining bir ildizi Töraboy aka Jangaboyev va Raʼno opa Ametovalar oilasi ibratga loyiq. Momoning faxrlanganiça bor. Oilaning tönğiçi Şavkatjon ovuldagi 74-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari, qizi Şarofatxon 29-sonli maktabda biologiya fani öqituvçisi, kenjasi Azizbek esa harbiy sohani tanlagan.
- Azizbek nevaram 2010-yilda armiyaga ketdi-yu, harbiylikni öziga kasb qilib oldi, - deya momo qölimizga nevarasining harbiy libosda tuşgan suratini tutqazdi. Suratda soğlom va barkamol yigit kulib turardi.
Azizbek muddatli harbiy xizmatni Toşkent şahrida ötab, 2011-yildan beri şartnoma asosida xizmatni davom ettirayotgan ekan. U Samarqanddagi 9 oylik serjantlar tayyorlaş maktabini muvaffaqiyatli tugatib, Vatanimiz sarhadlarining himoyaçilari safidan joy olibdi.
- Bu enamiz maqtanayotir demagin-u, qizim, sakkiz bolamning bolalari, nevara-çevaralarim jam bölişsa, Töraboy qurgan mana bu keng hovli-joyga siğişmaydi, 39 nevara, 46 nafar çevaramga ularning ota-onalarini köşsangiz 100 nafardan oşib ketadi, - farzandlari kamolidan faxrlanayotganini yaşirmaydi Xadiça momo.
Darvoqe, yoşlari 60 dan ötib, özlari ham allaqaçon nevaralar körib, nuroniylikka yetgan momoning kelinlari hamon 91 yoşli Xadiça enaning qarşisida taʼzimda, hamon qöllariga suv quyib, soçiq tutadilar, egilibgina çoy uzatadilar.
Töraboy akaning umr yöldoşi, "Qangli” OFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Raʼnoxon opa Ametova 31-yil öqituvçilik kasbini eʼzozlab, nafaqaga çiqqanlar. El-yurt xizmatiga hamişa kamarbasta bu onaxonimiz hamon xalq orasida. Birovning oğiriga yelka tutib, yana birovning muşkulini oson qilişga intiladi.
- Enamning har bir suhbati biz uçun hikmatlar xazinasi, - deydi opa mamnuniyat bilan. – Enam bunyod etgan bu katta xonadonda biron bir kelişmovçilik, bir-birovga nisbatan hurmatsizlikni heç qaçon körmaganman. Mana, özimdan qiyos, beş nafar ovsinim bilan tuğişganlarday bordi-keldilarimiz bor. Qayn opa-singillarimiz ham nihoyatda mehr-oqibatli. Enamning birontamizga ovozini kötarib gapirganlarini umuman eslay olmayman.
Biz ham katta xonadonning hamon qadri baland bekasi, umrining 92-bahorini qarşilaş arafasida turgan Xadiça ena Otaboyevaning maroqli suhbatlaridan olamjahon hikmatlar topdik göyo. Bu – halollik, mehr-oqibat, ona yurtga, oila saltanatiga nisbatan fidoyilik va bugungi dorilomon hayotga şukronalik tuyğulariga töla hikmatlar edi. Bu hikmatlar mohiyatida faqat bizning xalqimizgagina xos ezgu fazilatlar mujassamki, ana şu fazilatlar ila oilalarimizda barkamol, soğlom, tafakkur dunyosi keng farzandlar ulğayaveradi. Vatan içra kiçik Vatan – Oila saltanatining qörğoni esa Xadiça ena kabi xonadonlarimiz fariştalari ila hamişa obod, körkam, farovon, fayzli.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶