17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:25
Jamiyat 👁 3,046

BAXT KALITI OʻZ QOʻLIMIZDA

BAXT KALITI OʻZ QOʻLIMIZDA

Tugʻishgan aka-singil bizdan keyin farzandlarimiz uzoqlashib ketmasin, deya quda boʻlishga ahd qilishdi. Yigit-qiz garchi yigirmadan oshgan, oq-qorani tanib qolgan boʻlsa-da, ota-onalarining raʼyiga qarshi borisholmagan, zamonaviy tibbiyotning yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqidagi xulosalaridan xabardor boʻlishsa-da, tuppa-tuzuk yashayotganlar ham bor-ku, deya chuqurroq mulohaza qilmay, rozi boʻlaverishgan. Oqibatda ularning ikkala farzandi ham nogiron tugʻilgan, ularga qarayman, deb halak boʻlgan boyaqish ona qayn oilasida oʻz vazifalarini ado etolmay, noʻnoq va yalqov kelin atalib, doimiy asabiylashaverganidan sogʻligidan ayrilib, ota-onasi oldiga qaytib kelgan.

Ota-onaning ular ustidan chiqargan bir nomaqbul qarori ikki yoshning baxtsizligiga, qolaversa, ikki begunoh norasidaning nogiron boʻlib dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan.

Toʻgʻri, davlatimizning adolatparvarlik, insonparvarlik tamoyillarini oʻzida aks ettirgan qonunlarida hatto nogironlarning ham toʻlaqonli hayot kechirishlari uchun gʻamxoʻrlik oʻz ifodasini topgan. Biroq, hayotda bir kam bilan yashab, oʻzini toʻkis baxtiyor his qila olgan odam bormikan?  Qolaversa, hali oʻttizga ham kirmagan yigit-qizning aro yoʻlda ajrashib ketishgani, "uzoqlashib ketmaylik”, – deb bir-biri bilan yuz koʻrmas boʻlib ketgan qarindoshlarning ahvoli naqadar ayanchli.

Oʻz xizmat faoliyatimda kuzatganim bu voqeaga oʻxshash holatlar hayotda, afsuski, koʻp uchraydi.

Inson dunyoga kelar ekan, albatta hammaning ham baxtiyor, farovon yashagisi keladi. Baxtiyorlik esa koʻp jihatdan nikoh bilan bogʻliq. Agar yigit-qiz kasb-hunar egallab, bir-birini yaxshi bilib, oʻrganib, mustahkam ishonch bilan koʻngil qoʻyib, turmush qurishdan oldin FHDYo organiga murojaat qilib, nikoh oldi tibbiy koʻrigidan oʻtib, sogʻliklari haqida xabardor boʻlib turmush qurishsa, ota-onalar ham farzandlarining ahil, inoq boʻlib yashab ketishlariga koʻmakdosh boʻlib, yoʻl-yoʻriq berib oʻtirsalar, albatta, natija quvonarli boʻlishi tayin. Biroq shunday holatlar ham uchraydiki, ota-ona hali kollej oʻquvchisi boʻlgan oʻgʻil-qizini uylantirib yo uzatib, oʻzlaricha tinib oʻtirgisi keladi. Afsuski, bu orzu-havas ularni bir umr baxtsiz qilib qoʻyishi mumkinligini oʻylashmaydi.

Oʻtgan 2015 yilda tumanimiz boʻyicha 78 ta ajrim holati qayd etildi. Agar bu raqam ortida 78 nafar erkak va 78 nafar ayolning taqdiri aro yoʻlda qolgani va eng achinarlisi, ushbu oilalarda oʻnlab farzandlarning yo ota, yo ona tarbiyasidan mosuvo boʻlayotganini inobatga olsak, buning jamiyatimiz uchun qanchalik ayanchli ekanligini anglash qiyin emas. Qolaversa, oilaviy ajrimlarning koʻpchiligi nikohlarning dastlabki yillarida qayd etilayotgani – ayrim yoshlarning nikohga jiddiy qaramayotganini va mustahkam oila bunyod etishga tayyor emasligini koʻrsatib  turibdi. Shundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, yoshlarni oila qurishga tayyorlash juda muhim masala.

Aziz yoshlarimiz baxt kaliti oʻz qoʻllarida ekanligini chuqur anglasalar, ahil va baxtiyor oila bunyod etishga intilsalar, albatta, niyatlariga erishadilar.

Sanobar XOLBOYeVA, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

(Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026