2015-yilda Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2016-yilga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlari töğrisida
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 14-sessiyasida tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarovning hisoboti
Istiqlol yillarida mamlakatimizda "Kuçli davlatdan kuçli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili izçil amalga oşirilmoqda. Bu borada qator yangi qonunlar qabul qilinib, mavjud qonunçilikka özgartiş hamda qöşimçalar kiritilmoqda.
Maʼlumki, 2014-yilda Konstitutsiyamizning 103-moddasiga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, unga muvofiq, viloyat, tuman va şahar hokimi tegişli xalq deputatlari Kengaşiga viloyat, tuman, şahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining eng muhim hamda dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etişi, ular böyiça xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tegişli qarorlar qabul qilinişi belgilangan edi. 2015-yil 10-iyundan kuçga kirgan "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ayrim qonun hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni bilan Özbekiston Respublikasining 1993-yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonuniga yangi 251-modda qöşilib, unga köra hokimning viloyat, tuman, şahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengaşi tomonidan eşitiş amaliyoti joriy qilindi.
Aytiş kerakki, bu özgarişlar davlat hokimiyati va boşqaruvini takomillaştiriş hamda yanada demokratlaştiriş, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining şaffofligini kafolatlaş, deputatlik nazorati institutini mustahkamlaş, partiyalararo raqobatni kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etib, mahalliy Kengaşlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişdagi rolini yanada oşiradi va ijro organlarining masʼuliyatini kuçaytiradi.
Ötgan 2015 yil nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz uçun ham odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini taʼminlaş, avvalo muhim islohotlarni, közlagan rejalaramizni amalga oşiriş yölida katta burilişlar yasagan yil böldi.
Olib borilgan işlar natijasida 2015-yilda tumandasanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 122,7 mlrd. sömni taşkil qilib, ötgan yilga nisbatan ösiş surʼati 116,7 foizga, şundan hududiy sanoat korxonalarining işlab çiqariş hajmi 57,0 mlrd. sömni taşkil qilib, ösiş surʼati 109,9 foizga, xalq isteʼmol mollarini işlab çiqariş hajmi 43,2 mlrd. sömni taşkil qilib, ösiş surʼati 102,6 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişhajmi 189,5 mlrd. sömni taşkil qilib, ösiş surʼati 109,6 foizga, kapital qöyilmalar hajmi 58,6 mlrd. sömni taşkil qilib, ösiş surʼati 102,4 foizga, quriliş işlari hajmi 56,8 mlrd. sömni taşkil qilib, ösiş surʼati 100,4 foizga yetdi.
2015-yilda tuman maqsadli dasturlari ijrosi böyiça jami 12 mlrd. 407 mln. sömlik 183 ta loyiha amalga oşirilib, 632 ta yangi iş örinlari yaratildi, ularga esa 5 mlrd. 964 mln. söm tijorat banklari kreditlari ajratildi.
2015-yil uçun işlab çiqilib, tasdiqlangan Sanoat salohiyatini rivojlantiriş Dasturiga jami qiymati 3 mlrd. 221 mln. sömlik 14 ta loyiha kiritilib, ulardan 10 tasi quriliş yönalişi böyiça (qiymati 2 640,0 mln. söm), 4 tasi yengil sanoat hamda boşqa yönalişlar böyiça (qiymati 581,0 mln. söm) loyihalar edi. Ularda yil davomida jami 198 ta yangi iş örinlarini yaratiş belgilab olingan edi, amalda dastur ijrosi 100 foizga töliq bajarilib, 202 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Mazkur loyihalarga jami 2 mlrd. 502,0 mln. sömlik investitsiyalar kiritilib, şundan tijorat banklari mablağlari 1 mlrd. 640,0 mln. sömni, loyiha taşabbuskorlarining öz mablağlari esa 862,0 mln. sömni taşkil qildi.
Tumanda 2015yil yakunida harakatdagi baholarda 112,7 mlrd. sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 2014-yilga nisbatan (soliştirma narxlarda) ösiş surʼati 116,7 foizni taşkil etdi.
2015-yilda xizmat körsatiş va servis sohasida jami 7 mlrd. 228 mln. sömlik investitsiyalarni jalb qiliş hisobidan 112 ta loyihani amalga oşiriş hamda 233 ta yangi iş örinlari taşkil etiş rejalaştirilib, amalda yil yakuni bilan xizmat körsatiş va servis yönalişida umumiy qiymati 7 mlrd. 266 mln. söm miqdorida jami 112 ta loyihalar amalga oşirildi va 236 ta yangi iş örinlari yaratilib, umumiy Dasturning yillik ijrosi töliq bajarildi.
Jumladan, 1 ta mini futbol maydonçasi qurib bitkazildi, 1 ta uyali aloqa xizmatiga tölovlarni qabul qiliş şoxobçasi, 40 ta savdo dökoni, 19 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçasi, 1 ta moliya xizmati körsatiş markazi, 1 ta novvoyxona, 5 ta sartaroşxona, 3 ta dorixona, 3 ta kiyim tikiş va taʼmirlaş ustaxonasi, 1 ta poyabzal tikiş va taʼmirlaş ustaxonasi, 1 ta tegirmonda donni maydalaş, 11 ta avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçalari, 2 ta avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi va 5 ta boşqa maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari işga tuşirildi.
Uşbu şoxobçalarni taşkil qiliş jarayonida tijorat banklari tomonidan 2 mlrd. 551 mln. sömlik kreditlar ajratildi.
Mazkur loyihalar tomonidan uşbu davrda 315,9 mln. sömlik xizmatlar körsatildi.
Oziq-ovqat dasturiga 2015 yilda jami qiymati 2 mlrd. 692 mln. sömlik 57 ta loyiha kiritilib, şundan qoramolçilik yönalişida 2 mlrd. 329 mln. sömlik 38 ta loyiha, parrandaçilik yönalişida 65,0 mln. sömlik 1 ta loyiha, baliqçilik yönalişida 204,0 mln. sömlik 10 ta loyiha va asalariçilik yönalişida 94,0 mln. sömlik 8 ta loyihalar kiritilgan edi.
Uşbu loyihalarni amalga oşiriş natijasida 571 boş qoramol, 3000 ta parranda olib keliş, 80 ta asalari uyalari va 28,4 gektar sunʼiy suv havzalarida baliq boqişni taşkil qiliş va ularda jami 194 ta iş örinlari yaratiş rejalaştirilib, amalda dastur ijrosi töliq taʼminlandi.
Şular qatorida bugungi kunda tumanda iqtisodiyotning barça tarmoqlarida faoliyat körsatib kelayotgan korxona va taşkilotlarning mavjud debitor va kreditor qarzdorliklarini qisqartiriş borasida amalga oşirayotgan işlarga ham töxtalib ötmoqçiman.
Joriy 2016 yilning 1-yanvar holatiga qişloq xöjaligi korxonalarining xizmat körsatuvçi va taʼminotçi korxonalardan jami qarzdorligi 7 mlrd. 643,4 mln. sömni taşkil qiladi.
Jumladan, qişloq xöjaligi korxonalarining neft mahsulotlaridan 3 mlrd. 224,4 mln. söm, "Qişloqxöjalikkimyo” HAJdan 3 mlrd. 278,2 mln. söm, elektr taʼminoti korxonasidan 361,5 mln. söm, maşina-traktor parklaridan 110,5 mln. söm, "Amudaryo Agrotexservis MTP” DAJdan 22,6 mln. söm, ösimliklarni himoya qiliş otryadidan 323,4 mln. söm, "Özqişloqxöjalikmaşlizing” AJdan 322,8 mln.söm qarzdorligi mavjud bölib, 2015-yilning 1-yanvar holatiga nisbatan mavjud qarzdorlik 355,6 mln. sömga kamaytirilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topşiriqlari asosida harakatdagi fermer xöjaliklarining xizmat körsatuvçi va taʼminotçi taşkilotlardan debitor va kreditor qarzdorliklarini kamaytiriş yuzasidan tuman işçi guruhi taşkil qilindi va iş olib bormoqda.
Şuningdek, kommunal sohada isteʼmolçilarning taʼminotçi korxonalar oldidagi qarzdorligini kamaytiriş böyiça ham muayyan işlar olib borilmoqda. Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi 2015-yilda isteʼmolçilarga 16 551,6 mln. sömlik elektr energiyasi yetkazib bergan bölib, jami 16 605,6 mln. söm miqdorida tölovlar undirilgan.
Ötgan yil davomida 2113 ta xonadon foydalangan elektr energiyasidan 880 mln. 378 ming söm, 410 ta ulgurji isteʼmolçi 780 mln. 330 ming söm, 1703 ta maişiy isteʼmolçi 100 mln. 48 ming söm qarzdorligi sababli elektr tarmoğidan ajratilgan.
2015-yil davomida aholiga 7 623,0 mln söm, ulgurji isteʼmolçilariga 1 473,9 mln. söm, jami 9 096,9 mln. sömlik tabiiy gaz yetkazib berildi. Isteʼmolçilardan jami 9 740,9 mln. söm miqdorida tölovlar undirilgan.
Ötgan yil davomida 3504 ta xonadon tabiiy gazdan jami 747,1 mln. söm miqdorida qarzdorligi sababli gaz tarmoqlaridan ajratilgan, şundan yil davomida qarzdorligi qayta hisob-kitob qilingan 2887 ta xonadondan jami 582,87 mln. söm undirilib, tabiiy gaz tarmoqlariga qayta ulandi. 499 ta isteʼmolçilardan mavjud 290,47 mln. söm miqdoridagi qarzdorlikni undiriş uçun sud va notarial idoralariga murojaat qilinib, 470 ta isteʼmolçilardan 264,8 mln. söm qarz undirilişiga erişildi.
2015-yilda tuman böyiça isteʼmolçilarga jami 528,3 mln. sömlik, jumladan, aholiga 424,3 mln. söm, ulgurji isteʼmolçilarga 104 mln. söm miqdorida içimlik suvi yetkazib berildi. Isteʼmolçilardan jami 633,5 mln. söm tölovlar undirilişiga erişildi.
Tuman hokimligi va tegişli mutasaddi taşkilotlar kommunal tölovlardan qarzdorlikni bartaraf qiliş böyiça tizimli ravişda iş olib bormoqdalar.
Tumanda 2015-yilga yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturi işlab çiqilib, yil davomida 5296 ta yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş rejalaştirilgan edi.
Dasturga köra amalda 5337 ta yangi iş örinlari taşkil etildi, reja 100,8 foizga bajarildi. Yaratilgan iş örinlarining 86,1 foizi qişloq joylariga töğri keladi.
Jumladan, maqsadli dasturlarga muvofiq 787 ta, tijorat banklarining kiçik korxonalar va mikrofirmalarni taşkil qilişga ajratgan kreditlari hisobidan 2073 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantiriş hisobidan 281 ta, uy mehnatining barça şakllarini rivojlantiriş hisobidan 935 ta, fermer xöjaliklarini rivojlantiriş hisobidan 1261 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Tumanimizda aholi bandligini taʼminlaş, jumladan kollej bitiruvçilarini egallagan mutaxassisliklari böyiça işga joylaştiriş borasida ham qator ijobiy işlar amalga oşirildi.
2014-2015 öquv yilida tumanimizda mavjud 7 ta kasb-hunar kollejlarini 2571 nafar öquvçi öz yönalişlari böyiça bitirdi. Bitiruvçilarni işga joylaştiriş maqsadida uç tomonlama şartnomalarning sifatliligiga eʼtibor qaratgan holda mos yönalişdagi işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikni taşkil etib, öz mutaxassisliklari böyiça amaliyot ötaşlari uçun tumanda faoliyat körsatayotgan 614 ta korxona, taşkilot va muassasalarga biriktirildi. Bu körsatkiç örtaça xar bir korxonaga 4,1 nafardan töğri keldi.
Kollej bitiruvçilarini işga joylaştiriş yuzasidan uç tomonlama şartnomalar tuziş 98,9 foiz amalga oşirildi, çunki turli sabablarga köra çetga çiqib ketgan yoki muntazam darsga qatnaşmagan 29 nafar bitiruvçi bilan şartnomalar tuzilmadi. Tuman hokimligi, iqtisodiyot bölimi hamda Bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş markazi tomonidan kollej bitiruvçilarini doimiy bölgan iş örinlariga işga joylaştiriş muntazam ravişda monitoring qilib borilmoqda. Bugungi kungaça kasb-hunar kollejlarining 2571 nafar bitiruvçilaridan 2568 nafarining bandligi taʼminlandi.
Şundan: 2376 nafari doimiy iş örni bilan taʼminlangan bölsa, 118 nafari tijorat banklaridan 700 mln. sömlikdan ortiq imtiyozli kreditlar olib, öz tadbirkorlik faoliyatini boşladi. 74 nafar bitiruvçilar esa oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilindilar. Qolgan 3 nafar bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş çoralari körilmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimizning eksport salohiyatini oşirişda hududiy korxonalar tomonidan eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş va ularni eksportga jönatişga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Tumanimizda ham bu sohaga eʼtibor qaratilişi natijasida keyingi 3-4-yil davomida hududiy korxonalar tomonidan mahsulotlar eksporti yölga qöyilmoqda.
2015-yil uçun tumanimizdagi 6 ta korxonaga 2101,0 ming AQŞ dollari miqdorida eksport prognozi belgilangan edi, belgilangan eksport prognozi topşiriğini bajariş maqsadida olib borilgan işlar natijasida 2015-yilgi topşiriq 2152,3 ming AQŞ dollari miqdorida, yaʼni 102,4 foizga bajarilişi taʼminlandi.
Hududiy korxonalar tomonidan mahsulotlar eksport hajmini oşiriş maqsadida olib borilgan işlar natijasida ötgan 2015-yilda eksportyor korxonalar safiga "Jumamurod Nonboy” fermer xöjaligi yangidan kiritilib, fermer xöjaligi tomonidan 143,7 ming dollarlik qişloq xöjalik mahsulotlari eksport qilişga erişildi.
Tumanda ötgan 2015-yil sarhisob qilinib, 2016-yilga möljallangan eksport prognozi belgilab olindi. Joriy 2016-yilga belgilangan tumanning eksport prognozi 2622,1 ming dollarni taşkil qiladi.
2015-yilda ijtimoiy sohada ham qator işlar amalga oşirildi. "Keksalarni eʼzozlaş yili” tuman dasturi ijrosini taʼminlaş uçun 16 mlrd. 474 mln. söm, 88 ming AQŞ dollaridan oşiqroq mablağ sarflanişi rejalaştirilgan bölib, amalda davlat dasturi bandlarida belgilangan vazifalarga sarflangan mablağlar 18 mlrd. 490 mln. 400 ming söm, 88 ming 50 AQŞ dollarini taşkil etdi, yaʼni reja 113 foizga bajarildi.
Keksalarimizni ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy tomondan qöllab quvvatlaş maqsadida yil davomida ularning holidan xabar olib turildi, turli tadbir va bayramlarda sovğa-salomlar ulaşildi.
1941-1945 yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylari, şuningdek yolğiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kişilarning uylarini haşar yöli bilan joriy taʼmirlaş, zarur hollarda esa mukammal taʼmirlaşni amalga oişiriş maqsadida har bir fuqarolar yiğinlarida har yili bir nafardan jami 141 nafar kişini qamrab olgan holda 2015-2017-yillar mobaynida hayotga tatbiq qilinişi közda tutilgan maxsus çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilib, 2015-yilga möljallangan bandlari töliq amalga oşirildi.
19 nafar uruş va mehnat fronti faxriylari muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali, televizor, uyali aloqa telefoni hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
2016 yilning "Soğlom ona va bola yili” deb belgilanişi munosabati bilan şu nomda qabul qilinadigan Respublika dasturiga takliflar hamda tuman dasturi loyihasi tayyorlanmoqda. Har tomonlama soğlom va barkamol avlodni şakllantiriş, ona va bola salomatligiga eʼtibor qaratişdek keng qamrovli vazifalarni bajariş közda tutiladigan mazkur dasturning ijrosi yil davomida nazoratga olinadi.
Tumanda jami 82 ta umumiy örta taʼlim maktablari, 37 ta maktabgaça taʼlim muassasalari, 3 ta bolalar va ösmirlar sport maktabi, 2 ta musiqa va sanʼat maktabi hamda "Barkamol avlod” bolalar markazida yoş avlodga sifatli taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda.
2014-2015 öquv yilida tumanimizdagi maktablarning 9-sinfini jami 3075 nafar yoşlar, jumladan 1525 nafar qizlar tamomlab, ularning barçasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga hujjat topşirib, taʼlimning keyingi bosqiçiga töliq jalb qilindi.
Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida 2015-2016 öquv yilida 719 ta fan tögaraklari taşkil qilingan bölib, ularga 13152 nafar öquvçi jalb qilingan. Şuningdek umumtaʼlim maktablarida taşkil qilingan 435 ta sport tögaraklariga 9642 nafar öquvçi, sport maktablarida sportning 20 turi böyiça taşkil qilingan tögaraklarga 1138 nafar iştirokçi, musiqa va sanʼat maktablarida taşkil qilingan 15 ta tögaraklarga 262 nafar öquvçilar muntazam ravişda qatnaydilar.
Bir söz bilan aytganda, tumanimizda kelajagimiz egalari bölmiş yoş avlodga zamon talablariga mos taʼlim-tarbiya berilmoqda.
2015-yilda tumanimizda tibbiyot sohasida ham bir qança işlar amalga oşirildi. Bugungi kunda tumanimiz aholisiga davolaş-profilaktika muassasalari malakali tibbiy xizmat körsatmoqda. Tibbiy xizmat sifatini yanada oşiriş, tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini kötariş maqsadida malaka oşiriş öqişlari hamda tibbiyot muassasalarini yangi asbob-uskunalar bilan taʼminlaş işlari tizimli ravişda amalga oşirilmoqda.
Tuman böyiça birgina 2015-yilda Markaziy şifoxona ftiziatriya bölimida 1,5 mlrd. söm byudjet mablağlari hisobidan kapital taʼmirlaş, Qipçoq ovulida 45 yotoq örinli Silga qarşi kuraş dispanseri binosida 2,5 mlrd. sömlik rekonstruktsiya işlari amalga oşirildi.
"Salomatlik-3” loyihasi böyiça zamonaviy raqamli kompyuterlaştirilgan rentgen apparatlari örnatilib, işga tuşirilganligini, "Heç kim mehr va eʼtibordan çetda qolmasin!” şiori ostida birgina 2015-yilning özida tumanimizda 3-marta Respublika ixtisoslaşgan ilmiy markazlari yuqori malakali tibbiy xodimlari iştirokida bepul tibbiy köriklar taşkil qilinganligini inobatga oladigan bölsak, tumanimizda bu sohaga ham katta eʼtibor berilayotganligining guvohi bölamiz.
Soğliqni saqlaş tizimiga qaratilayotgan alohida eʼtibor sababli tumanimiz tibbiyot sohasida bir qança ijobiy körsatkiçlarga erişildi, bunga birgina misol: 2009 - 2015-yillar davomida Amudaryo tumanida onalar ölimi umuman qayd qilinmadi.
Ötgan 2015 yilda pudrat taşkilotlari tomonidaninvestitsiya dasturiga asosan byudjet mablağlari hisobidan jami qiymati6,4 mlrd. söm bölgan 10 ta obʼekt (3 ta ijtimoiy obʼekt, 7 ta suv tarmoqlari obʼektlari) qurilişi rejalaştirilib, 6,4 mlrd. sömlik quriliş-montaj işlari bajarildi hamda barçasi foydalanişga topşirildi.
Tumanimizda aholining toza içimlik suviga bölgan ehtiyoji katta ekanligi hisobga olinib, jami uzunligi 7,9 km. bölgan suv tarmoği qurilişi va Manğit şahar 2-suv kötariş nasos stantsiyasi rekonstruktsiyasi uçun 1 mlrd. 611,3 mln. söm ajratilib, uşbu quriliş işlari "Amudaryo quriliş” MÇJ, "Amudaryo maxsus quriliş” MÇJ, "Manğit invest maksimum” MÇJ tomonidan sifatli amalga oşirildi.
Şuningdek, namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilgan 3 ta massiviga investitsiya dasturiga muvofiq quriliş qiymati 265,8 mln. sömlik, jami uzunligi 2,212 km. suv tarmoği quriş işlari bajarildi.
Bundan taşqari, 2015-yilda bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan 55-sonli maktabga sport zali va 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida rekonstruktsiya işlari amalga oşirilib, bu işlarga jami 2 mlrd. 307,8 mln. söm ajratildi.
Ötgan 2015 yil davomida "Çoyköl” ovuli va "Uyşin” mahallasi hududlarida madaniyat va aholi dam oliş markazlari foydalanişga topşirildi.
Hukumatimiz qarorlariga asosan Manğit şahri Gulzor mahallasida smeta bahosi 6 mlrd. 64 mln. 695 ming söm bölgan 4 qavatli, 48 kvartirali "Kamolot” uylari qurilib, belgilangan tartibda imtiyozga ega bölgan yoş oilalarga berildi.
Osiyo taraqqiyot banki mablaği hisobidan 1 mln. 402 ming AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratilib, tumanimizning Böz yop ovulida qurilişi rejalaştirilgan 20,7 km. uzunlikdagi suv tarmoğining 18,2 km. qismi qurildi. Suv tarmoği qurilişi davom qildirilmoqda.
Şuningdek, tumanda 3 ta massivda 75 ta, yaʼni, Bosuv massivida 40 ta, Taqirqalʼa massivida 15 ta, Vaxum massivida 20 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar qurilişi rejalaştirilib, 12 mlrd. 715,1 mln. söm mablağ ajratildi. Yil davomida 59 ta uy qurilib, foydalanişga topşirildi.
Davlat va mahalliy ahamiyatdagi yöllarni töla va joriy taʼmirlaş böyiça 2015-yilga jami 3 mlrd. 267,9 mln. söm mablağ ajratilib, keng kölamli işlar amalga oşirildi.
2016-yilgi Investitsiya dasturi böyiça davlat byudjetidan 11 ta obʼektga 6 mlrd. 185 mln. söm mablağ ajratilgan edi. Örta qalʼa ovulidagi 57-sonli maktabni rekonstruktsiya qiliş va qöşimça 60 öquvçi örinli xonalar qurilişi, Oq oltin ovulidagi 71-sonli maktabni rekonstruktsiya qiliş hamda qöşimça 160 öquvçi örinli xonalar qurilişi, şuningdek, Oq oltin ovulidagi 7-maktabni, Kuyuk köpir ovulidagi 14-maktabni, Bobur nomli ovuldagi 48-maktabni, Qipçoq ovulidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji binosini kapital taʼmirlaş işlari rejalaştirilgan. Bundan taşqari, bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan Tölqin ovulidagi 32-sonli maktabga va Qiliçboy ovulidagi 34-maktabga sport zallari qurilişi közda tutilmoqda.
Aholining toza içimlik suviga bölgan talabini qondiriş maqsadida joriy yilda Manğit şahrida 6,7 km. uzunlikdagi suv tarmoği rekonstruktsiya qilinib, xalqasimon suv tarmoği yaratilişi közda tutilgan.
Şuningdek, Örta qalʼa ovuli RU-1 suv inşootidan Toş yop aholi punktigaça 2,1 km. uzunlikda suv tarmoği qurilişi va suv xavzasiga qöşimça nasos örnatiş işlari amalga oşiriladi. Uşbu obʼektlar böyiça tender savdosi ötkazilmoqda va şartnomalar tuzilmoqda.
Şuningdek, joriy yilda Obodonlaştiriş boşqarmasi hisobidagi 7 ta köçaning 3,69 km. qismini joriy va mukammal taʼmirlaş işlariga 845,7 mln. söm ajratilgan.
Qişloq xöjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida tumanimiz fermerlari bu yil ham davlatga paxta, ğalla va pilla topşiriş böyiça şartnomaviy rejalarini Respublikamizda birinçi bölib, ortiği bilan bajardilar.
Joriy yilda fermer xöjaliklari tasarrufidagi yer maydonlari hajmlari yanada maqbullaştirilib, tumanimizda faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklari soni 528 taga yetkazildi. Ular tasarrufidagi yer maydonlari örtaça 61,4 gektarni taşkil qildi.
Muhtaram Prezidentimiz mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2016-yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasida taʼkidlaganidek, "Biz ozod va obod Vatanimiz mustaqilligining qutluğ 25 yilligi keng nişonlanadigan 2016-yilga katta maqsad va rejalar bilan qadam qöydik. Yangi tariximizning eng yorqin sahifasini taşkil etadigan ana şu buyuk sanaga har tomonlama munosib va salmoqli hissa qöşiş Özbekistonning har bir fuqarosi uçun ulkan şarafdir”.
Fursatdan foydalanib, Siz – aziz deputatlarni, tumanimiz faollarini 2016-yilga belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni amalga oşirişda faol iştirok etgan holda tumanimiz va mamlakatimizning iqtisodiy rivojiga, aholi turmuş farovonligining yanada yaxşilanişiga hissa qöşişga çaqiraman. Bu yölda barçangizga soğlik, oilalaringizga baxt, işlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶