Qisqa satrlarda
qişki suğoriş işlari avjida
Ötgan yilning kuzida tumanimiz böyiça 3000 gektar maydonga kuzgi buğdoy ekilib, töliq nihol olişga erişilgan edi.
Ayni kunda unib çiqqan nihollarni parvarişlaş işlariga alohida eʼtibor berilmoqda.
Suğoriş işlariga fermer xöjaliklarining 600 nafar tajribali suvçilari, şuningdek 317 nafar suv xöjaligi taşkiloti xodimlari va 53 nafar suv isteʼmolçilari uyuşmalari xodimlari jalb etilgan.
Qişki suğoriş işlarini sifatli taşkil etiş maqsadida tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlaridan 4 ta guruh tuzilib, ular suğoriş işlarini doimiy ravişda nazorat qilib bormoqdalar.
Çorva qişlovi betalofat ötkazilmoqda
2015-yil davomida tumanimizdagi çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari va agrofirmalarda jami 2481 boş qoramol boqildi va çorva qişloviga puxta taraddud körildi.
Ötgan yili uşbu subʼektlarda rejadagi 2729 tonna örniga 2737 tonna beda piçani, 6181 tonna örniga 6187,7 tonna silos, 2596 tonna örniga 2602 tonna senaj va 4560 tonna örniga 4570 tonna haşaki lavlagi jamğarildi.
Ayni kunda bu subʼektlardagi mavjud qoramollar töq va soğlom boqilib, çorva qişlovi betalofat ötkazilmoqda.
Şör yuviş işlari qizğin
Joriy yilgi mavsumda tumanimizda 20526 gektarmaydonning şörini yuviş va 16905 gektar maydonga nam suvi beriş işlari rejalaştirilgan.
Şör yuviş işlarini öz vaqtida, sifatli olib boriş maqsadida tumanda 17 ta suğoriş otryadlari tuzilib, har bir SIUda suğoriş ştablari taşkil etildi.
Şu kungaça 20526 gektar maydonda birinçi va 18411 gektarmaydonda ikkinçi şör yuviş işlari amalga oşirildi.
SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI YÖLIDA
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni asraş, fuqarolarni yanada xuşyorlikka çaqiriş hamda "Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida”gi Qonun va fuqarolarning pasport rejimiga rioya qiliş, diniy ekstremizm va odam savdosiga qarşi kuraşiş masalasida çegara hududlarida joylaşgan mahallalarda uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Tumanimizning çegara hududlarida joylaşgan 9 ta ovul va mahallalarda ötkazilgan yiğilişlarda taʼkidlanganidek, xavfsizlikka tahdid – u qanday körinişda bölmasin, mamlakat tinçligiga, barqarorligiga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, inson maʼnaviyatiga, salomatligiga va hayotiga, atrof-tabiiy muhit tozaligi, musaffo osmon sofligiga katta xavf tuğdiradi. Şunday ekan, har qanday xavfning oldini olişga hissa qöşiş nafaqat huquqni muhofaza qiliş organlarining, balki har birimizning burçimizdir.
soğlom turmuş tarzi tarğiboti
22 yanvar kuni Amudaryo akademik litseyining majlislar xonasida "Oiladagi soğlom turmuş tarzi – ona va bola salomatligi garovidir” mavzusida Qoraqalpoğiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasining ijtimoiy-siyosiy naşri – "Gulayim” gazetasi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan grant loyihasi doirasida seminar ötkazildi.
Loyihadan közlangan maqsad – atrof-muhitni muhofaza qilişda, tabiiy resruslardan oqilona foydalanişda nodavlat notijorat taşkilotlarining, matbuot va ommaviy axborot vositalarining rolini oşiriş orqali aholining, ayniqsa xotin-qizlarning ekologik va tibbiy madaniyatini yaxşilaşga erişişdan iborat.
Seminarda tuman tibbiyot birlaşmasi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi, tabiatni muhofaza qiliş qömitasi xodimlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari va jamoat taşkilotlari raislari söz olib, kun tartibidagi masala böyiça fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Seminar söngida kun tartibidagi masala böyiça taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶