DIQQAT, TANLOV!
"Jayxun ilhomlari” NNT Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Barkamol avlod – yurt kelajagi” loyihasi doirasida iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, ragʻbatlantirish va ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida quyidagi yoʻnalishda tanlov eʼlon qiladi:
1. Badiy sanʼat yoʻnalishida:
"Ranglarda Vatan manzaralari”
2. Adabiy ijod yoʻnalishida: "Biz – barkamol avlod, porloq kelajak bunyodkorlarimiz”.
3. Musiqa yoʻnalishida:
"Qoʻshigʻimda Vatan madhi”
Tanlovda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchi-yoshlari oʻz ijod namunalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Ijodiy ishlar Mangʻit shahri, Gurlan koʻchasi 36-uy, "Jayxun ilhomlari” NNTga yuborilishi lozim.
Gʻoliblar mamlakatimiz musta-qilligining 25-yilligi arafasida aniqlanadi va diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalarida, amunews.uz veb-sayti va Amudaryo televideniyesida keng yoritib boriladi.
Murojaat uchun telefonlar: +998 94- 426-11-68 515-30-21

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶