Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ön ikkinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2015-yil 28-dekabr kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ön ikkinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyani xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq, tuman hokimi topşiriğiga binoan deputat R.Örozboyev oçdi va olib bordi.
Sessiyada tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari, tijorat banklari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiya kotibligiga 29-"Qangli” saylov okrugidan deputat Z.Saparova saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2016-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisida”gi, "2015-yil "Keksalarni eʼzozlaş yili” dasturining 2015-yildagi ijrosi töğrisida”gi, "Amudaryo tumanida 2015-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi va 2016-yilgi Dasturi loyihasi töğrisida”gi va "Amudaryo tumanida 2016-yil hosiliga zamin yaratiş, barça qişloq xöjaligi yerlaridan samarali foydalaniş, qişloq xöjaligida tölov intizomini mustahkamlaş hamda fermer xöjaliklarining yer uçastkalarini maqbullaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida”gi masalalar havola qilindi.
Kun tartibidagi birinçi masala yuzasidan tuman moliya bölimi mudiri A.Abdijaliyev sözga çiqib, Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2016-yilgi asosiy körsatkiçlarini deputatlar eʼtiboriga havola qildi.
Kun tartibidagi ikkinçi masala böyiça tuman hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova maʼruza qildi.
Taʼkidlanganidek, joriy yil davomida "Keksalarni eʼzozlaş yili” tuman dasturini amalga oşiriş borasida barça manbalar hisobidan 18 mlrd. 490 mln. 400 ming söm, 88 ming 50 AQŞ dollari miqdorida mablağ sarflanib, keng kölamli işlar amalga oşirildi. Deputatlar yakuniga yetayotgan yilda dastur doirasida amalga oşirilgan işlarga yuksak baho berdilar.
Kun tartibidagi uçinçi masala, yaʼni Amudaryo tumanida 2015-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi va 2016-yilgi Dastur loyihasi töğrisida tuman hokimining örinbosari M.Temirboyev maʼruza qildi.
Maʼruzada taʼkidlanganidek, 2015-yilda barça yönalişlar böyiça 5321 ta yangi iş örinlari yaratildi. Kelgusi yilda 4814 ta iş örinlarini yaratiş böyiça dastur tasdiqlandi.
Kun tartibidagi törtinçi masala yuzasidan tuman qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği A.Yöldoşev sözga çiqib, 2016-yil hosiliga zamin yaratiş, qişloq xöjaligi yerlaridan samarali foydalaniş, qişloq xöjaligida tölov intizomini mustahkamlaş hamda fermer xöjaliklarining yer uçastkalarini maqbullaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida axborot berdi.
Şuningdek, sessiyada tuman hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlaş masalasi ham körib çiqildi.

Tuman Kengaşi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari muzokaralarda iştirok etib, öz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Sessiya kun tartibidagi barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶