TERIM SURʼATI OShMOQDA
Paxta yigʻim-terimi tobora avj olayotgan shu kunlarda Qipchoq ovulida faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklarida ham maqtovga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yilda ovuldagi 22 ta fermer xoʻjaligi jami 1875 tonna paxta yetishtirib berish yuzasidan shartnoma tuzishgan.
Ayni kunda fermer xoʻjaliklari dalalarida yigʻim-terim ishlari shu kunning talablari darajasida tashkil etilib, ishda yuksak unum boʻlishi taʼminlanmoqda.
Paxta yigʻim-terimida ovuldagi Yoʻldosh Eshniyozov rahbarlik qilayotgan "Eshniyozov Yoʻldosh”, Komil Eshmurodov rahbarlik qilayotgan "Tursunboyeva Umida”, Ahmad Endirboyev yetakchilik qilayotgan "Ahmad-Maqsud”, Karimboy Boltaboyev rahbarlik qilayotgan "Boltaboyeva Kumush”, Nurulla Xidirov rahbarlik qilayotgan "Xidirov Nurullaboy” fermer xoʻjaliklari paxtakorlari peshqadamlik qilishayapti.
- Ovul paxtakorlarining, shuningdek ularga yaqindan yordam berayotgan hasharchilarning shijoatli mehnatlari ovulimiz fermer xoʻjaliklarining barchasida ham shartnomaviy rejalar tez kunlar ichida bajarilishidan darak berib turibdi. Bizning muqobil mashina traktor parkimiz xodimlari ham ovulimiz fermer xoʻjaliklariga zarur yordamlarni koʻrsatib, ularning mehnat zafarlariga oʻz hissalarini qoʻshishga harakat qilmoqdalar, - deydi biz bilan suhbatda "Qipchoq” MMTP raisi Jangaboy Jumaboyev.
Ovul fermerlariga Nukus Davlat pedagogika instituti talabalari va ovulda tashkil etilgan "Tashabbuskor guruh” aʼzolari yaqindan yordam bermoqdalar.
Allambergan
JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶