YaNGI MARRALAR SARI RUHLANTIRUVÇI YaNGI KITOB
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yölida xizmat qiliş – eng oliy saodatdir” nomli kitobi "Özbekiston” naşriyoti tomonidan köpming nusxada çop etildi. Uşbu kitobdan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi 20 dan ziyod uçraşuv va anjumanlarda, jumladan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari bilan uçraşuvlarda, ikkala palataning qöşma majlisida, Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlari va 2015-yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan majlisida, Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi Homiylik kengaşining yiğilişida, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasining VII sʼezdida, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar saylovçilari vakillari bilan uçraşuvlarda, Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş tantanali marosimidagi nutq va maʼruzalarida, şuningdek, 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bildirgan eng muhim, kontseptual ahamiyatga ega ğoya va fikr-mulohazalari örin olgan.
Davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga möljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravşan belgilab berilgan ana şu çiqişlarda mamlakatimizni demokratik yangilaş va modernizatsiya qiliş jarayonlarini yangi bosqiçga kötariş, uning iqtisodiy qudratini oşiriş, ijtimoiy sohalar – taʼlim-tarbiya, ilmu fan, soğlikni saqlaş, madaniyat va sanʼat, sport tizimini izçil rivojlantiriş, ayollar, keksalar va yoşlarimiz uçun yanada qulay şaroit va imkoniyatlar yaratiş, har bir hudud va mintaqani ravnaq toptirişga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarşiliklarning mohiyati, turli tahdidlarning oldini oliş, Özbekistonning taşqi siyosat kontseptsiyasi töğrisidagi qaraşlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilingan.
Mazkur töplamning boş ğoyasini quyidagi sözlarda mujassam bölgan eng muhim özak fikr taşkil etadi:"Biz ötgan davrda amalga oşirgan işlarimizga baho berar ekanmiz, "Keça kim edigu bugun kim böldik?” degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini özimizga çuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda "Ertaga kim bölişimiz, qanday yangi marralarni egallaşimiz kerak?” degan savol ustida öylaşimiz, nafaqat öylaşimiz, balki amaliy işlarimiz bilan bunga javob berişimiz lozim”.
Ana şunday yondaşuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib ötgan tarixiy yöli teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga çuqur va haqqoniy javoblar berilgani naşrning qimmatini yanada oşiradi.
Uşbu kitobni mutolaa qilar ekanmiz, har bir masalaga xalqimizning milliy manfaati va yana bir bor milliy manfaati nuqtai nazaridan yondaşiş, teran qiyosiy-tahliliy muşohada, tarix, zamon va kelajakni bir butun dialektik hodisa sifatida köriş, har qanday mavzuda jöşqin bahs va muloqotga tayyorlik – bularning barçasi mustaqil özbek davlatining asosçisi, dunyo miqyosida tan olingan yirik davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning siyosiy uslubiga xos bölgan yorqin xususiyatlar ekaniga işonç hosil qilamiz.
Ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda beqiyos ahamiyat kasb etadigan mazkur kitob hozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yönalişlarini özida mujassam etib, yangi va yaqin tariximizning hali biz töla anglab yetmagan köplab qirralarini kaşf etişda, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini, mamlakatimiz va xalqimiz kelajagi, uning ravnaqini belgilab berişda, ayniqsa, yoşlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşda muhim dasturilamal bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Timur Asenbayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi
xöjalik sudining sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶