MUSTAQILLIGIMIZ MANGU BOʻLSIN!
Istiqlol tufayli oʻz taqdirimizni oʻz qoʻlimiz bilan yaratish, oʻz salohiyatimizni har tomonlama namoyon etish, oʻzimiz tanlagan yoʻldan maqsad sari ogʻishmay borish imkoniyatiga ega boʻldik.
Hademay Oʻzbekistonimizning istiqlolga erishganiga ham 24-yil toʻladi. Bugun istiqlol yillarida tugʻilgan biz farzandlar kelajakka teran nazar tashlamoqdamiz. Biz tinch-farovon zamonda erkin kamol topayapmiz. Yurtboshimiz taʼ-kidlaganlaridek: "Vatan – onamiz, Vatan hammamizning talpinib yashaydigan aziz sajdagohimiz. Shu aziz Vatan uchun yashaylik, shu aziz Vatanni ardoqlaylik, shu aziz Vatanni koʻz qorachigʻidek asraylik!”
Haqiqatan ham, bu soʻzlar zamirida olam-olam maʼno yashirin. Bularning barchasi, eng avvalo ona zaminimizdagi tinchlik va osoyishtalik sharofatidan, tanlagan yoʻli-mizning toʻgʻriligi, maqsadlarimiz ezguligidan, xalqimizning Yurtboshimiz atrofida jips boʻlib, ertangi kun istiqboliga ishonch va gʻurur bilan, dadil, sobitqadamlik bilan borayotganligidandir.
Yurtimiz mustaqil boʻlgach, jamiyatimizning barcha sohalarida yangilanish, oʻzgarishlar yuzaga keldi. Yangi binolar, yoʻllar, koʻpriklar. Inshootlar qurildi. Manzil-u makonlarimiz obod boʻldi. Xalqimiz tinch, farovon yashamoqda. Zamonaviy bilim dargohlarining muhtasham binolari bunyod etilmoqda. Qishloq va shaharlarimizning har goʻshasi-yu manzillari obod boʻlib, chiroy ochmoqda, gullab-yashnamoqda. Paxta, donimiz moʻl, xirmonimiz barakali. Madaniy-maʼnaviy, maʼrifiy sohalarda jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda.
Bugun biz bu kunlarimizga qancha shukrona aytsak ham oz. Hozirda Oʻzbekistonimiz eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olmoqda. U koʻpgina sohalarda boshqa davlatlarni orqada qoldirmoqda. Biz shunday jannatmakon diyorda yashayapmiz. Yurtimiz tinch, kunlarimiz osuda oʻtadi. Alloh nazari tushgan bunday diyor hammaga ham nasib etavermaydi. Men shunday diyorda kamol topayotganimdan behad mamnunman. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 24 yilligi bilan muborakbod etaman. Mustaqilligimiz mangu boʻlsin!
Sevara IBROHIMOVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶