TABIAT – HAYoTBAXSh KOShONAMIZ
Tabiatni asrab-avaylash har bir insonning burchidir. Inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida tabiatga salbiy taʼsir ettiraversa, bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, oʻrmon daraxtlarini kesib, katta oʻrmonlar oʻrni shahar va qishloqlarga aylantirilsa, tabiatda salbiy oʻzgarishlar yuz beradi. Yaʼni, havodagi kislorod kamayib, odamlarning salomatligiga jiddiy xavf tugʻiladi. Chunki odam havodagi kisloroddan nafas olib yashaydi. Tabiatdagi salbiy oʻzgarishlarning oldini olish uchun tabiatdagi bogʻliqlik va muvozanatning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Odamlar tabiatdan oʻz ehtiyoji uchun foydalanibgina qolmay, uni tiklashga ham eʼtiborini qaratishi zarur. Shuning uchun bizninig mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilishga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻrmon daraxtlarini noqonuniy kesish va ulardan qurilish xom ashyosi sifatida foydalanish taqiqlangan. Chunki, mamalatimizda oʻrmonlar kam boʻlib, ular kesib yuborilsa, bu oʻlkamiz tabiatiga salbiy taʼsir etadi.
Oʻzbekison Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deb belgilab qoʻyilgan. Agar tabiatimiz toza, havomiz musaffo boʻlsa, biz umrimizni uzaytirgan boʻlamiz. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Si-no oʻz asarlarida: "Agar insonlarga toza havo berilsa, u yuz yil yo ming yil yashaydi, inson oʻz umrini oʻzi qisqartiradi, tabiatni asrab-avaylasa, oʻzini asrab-avaylagan boʻladi”-degan fikrlarni qayta-qayta taʼkidlaganlar. Otaxon shoirimiz Qambar otaning "Ona tabiat” sheʼrida shunday chiroyli misralar bor:
Vatanimda toʻrt fasl –
Biri-biridan asl.
Qish qori qandga oʻxshar,
Muzi novvotga oʻxshar.
Bahoroyning koʻkati,
Har bir mitti koʻchati,
Tanga quvvat baxsh etar,
Sogʻlom qudrat naqsh etar.
Haqiqatan ham, tabiat insonning hayotbaxsh koshonasidir. Shunday ekan, biz tabiatni, uning neʼmatlarini asrasak, oʻzimizni asrab-avaylagan boʻlamiz.
Farida
JUMABOYeVA,
13-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - https://nav.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶