Sport vaziri bilan yoşlar örtasida oçiq muloqot ötkazildi
Mamlakatimizda ertamiz egalarining har tomonlama barkamol unib-ösişi, ularning isteʼdod va salohiyatlarini tölaqonli röyobga çiqariş uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 24-fevral kuni yoşlar bilan ötkazilgan oçiq muloqot davomida bir qator muhim taşabbuslar ilgari surilgan edi. Uçraşuvda har haftaning payşanba kunini yurtimizda “Yoşlar kuni” sifatida ötkaziş, barça darajadagi rahbarlarning bevosita yoşlar bilan uçraşib, ularni qiynayotgan masalalarni tinglaşi, muammo va takliflarni bevosita joyida örganib, ularga amaliy yeçimlar işlab çiqiş vazifasi qatʼiy belgilab berildi. Bugungi kunda mazkur taşabbus amalda öz ijrosini topmoqda va bu yönalişda Sport vazirligi tizimida ham izçil, tizimli işlar olib borilyapti.
Yoşlarning ovozini eşitiş, ularning sportdagi yutuqlarini rağbatlantiriş va mavjud tösiqlarni birgalikda bartaraf etiş maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yölida joylarda qator ijobiy işlar amalga oşirilmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanida ham ötkazildi.
Hududdagi sportçi yoşlar va soha mutasaddilarini bir joyga jamlagan uşbu uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vaziri Yerkinbay Qutibayev bevosita iştirok etib, kelajak çempionlari bilan yuzma-yuz, samimiy suhbat qildi. Uşbu jarayonda mutasaddi rahbarlarning yoşlar vakillari bilan bevosita muloqotga kirişişi ularning intilişlariga katta ruhiy madad berdi.
Tadbirda, şuningdek, Amudaryo tumani hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov hamda Amudaryo tumani Sport maktabi direktori Jasur Yaxşimov va tumanning faol sportçi yoşlari iştirok etib, sohadagi bugungi holat va istiqboldagi rejalar yuzasidan öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdilar.
Uçraşuv davomida asosiy eʼtibor yoş sportçilar tomonidan ilgari surilgan takliflar va ularni qiynayotgan baʼzi muammolarni atrofliça muhokama qilişga qaratildi. Har bir sportçining fikri diqqat bilan tinglandi va örtaga taşlangan har bir masala böyiça rahbarlar tomonidan aniq, asosli javoblar qaytarildi. Muammolarni paydo bölgan joyining özidayoq tezkorlik bilan bartaraf etiş va yoşlarning istiqbolli loyihalarini hayotga tatbiq qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar hamda istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Aytiş joizki, davlatimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar bugun çekka hududlarda ham öz mevalarini bermoqda. Rahbarlar va yoşlar örtasidagi bunday uzviy aloqalar ertamiz egalarining jamiyatdagi örnini mustahkamlaşga, ularning sportda va hayotda öz maqsadlari sari dadil odimlaşiga xizmat qiladi. Öz navatida bu kabi oçiq muloqot maydonlari yoşlarga öz ustida yanada köproq işlaşga, yangidan-yangi marralarni zabt etişga beqiyos motivatsiya beradi.
Amudaryo tumanida bölib ötgan mazkur uçraşuv sportçi yoşlarning ertangi kunga bölgan işonçini yanada oşirdi va ularni yangi ğalabalar sari ruhlantirdi. Zero, yoşlarning dardini vaqtida eşitiş va ularga yeçim topiş — bu nafaqat bugungi kunning talabi, balki porloq kelajak poydevorini yaratiş yölidagi eng muhim qadamlardan biridir. Mamlakatimizning har bir göşasida mana şunday eʼtibor va ğamxörlik davom etar ekan, yurtimiz bayroğini jahon arenalarida baland kötaradigan yangi-yangi çempionlar yetişib çiqişi muqarrar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶