Qöriqlaş tizimi afzalliklarini tuşuntiriş böyiça tarğibot uçraşuvi ötkazildi
Tinçlik va xotirjamlik bebaho neʼmat bölib, uni asrab-avaylaş jamiyatning barqaror rivojlanişida poydevor vazifasini ötaydi. Bu borada, ayniqsa, aholiga eng yaqin bölgan böğin – mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvar kungi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori aynan şu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Mazkur hujjat ijrosini taʼminlaş maqsadida joylarda içki işlar idoralari tomonidan keng kölamli, tizimli profilaktik işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumani Içki işlar bölimi huzuridagi Qöriqlaş xizmati tomonidan ham tuman mahallalarida osoyiştalikni qaror toptiriş va sodir etilişi mumkin bölgan noxuş holatlarning oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça aniq manzilli çora-tadbirlar olib borilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Qöriqlaş xizmatining tarğibot işlari böyiça tasdiqlangan iş rejasiga asosan, kriminogen vaziyati oğir deb topilgan, yaʼni “qizil” toifaga kiritilgan mahalla hududlarida töliq xatlovdan ötkaziş işlari jadal surʼatlarda olib borilyapti. Uşbu jarayonda aholi va tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar taşkil etilib, zamonaviy xavfsizlik çoralarining ahamiyati hayotiy misollar yordamida keng tuşuntirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 4-may kuni Amudaryo tumanidagi “Böston” mahallasi hududida joylaşgan “Manğit Savdo kompleksi” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli bozorda ham aynan şunday profilaktik tadbir taşkil etildi. Uşbu yirik savdo maskanida faoliyat yuritayotgan 38 nafar tadbirkor bilan yuzma-yuz uçraşuv ötkazilib, ularga zamonaviy qöriqlaş xizmatining afzalliklari, mol-mulk daxlsizligini taʼminlaşdagi örni va işonçliligi xususida batafsil maʼlumotlar berildi. Öz mol-mulkining xavfsizligidan köngli töq bölgan tadbirkorgina bor eʼtiborini öz işini rivojlantirişga qaratadi, bu esa yurtimiz iqtisodiyotiga ham özining ijobiy taʼsirini körsatadi.
Bugungi kunda Böston mahallasi hududida xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi amaliy işlar özining yaqqol va ijobiy natijasini körsatmoqda. Raqamlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, hozirgi vaqtda uşbu hududdagi 18 ta fuqaro xonadoni muhofazaga olingan bölib, eʼtiborlisi şundaki, ularning 5 tasi yakka-yolğiz yaşovçi fuqarolarning uylari sanaladi. Bundan taşqari, hududdagi bitta umumtaʼlim maktabi, davlat-xususiy şeriklik asosida faoliyat yuritayotgan ikkita boğça, törtta zargarlik dökoni, törtta kafe-bar, oltita oziq-ovqat dökoni kabi muhim obʼektlar ham işonçli nazoratda. Şu bilan birga, “Manğit Savdo kompleksi” masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda uşbu kompleks hududida joylaşgan turli yönalişdagi 19 ta savdo dökonlari qöriqlaşning texnik vositalari, yaʼni markazlaştirilgan kuzatuv tizimlari va “Taşviş” tugmalari orqali tunu kun işonçli tarzda qöriqlab kelinmoqda.
Fuqarolar va tadbirkorlarning xavfsizligini taʼminlaş yölida olib borilayotgan bu kabi uzluksiz saʼy-harakatlar xalqimizning tinç va farovon hayot keçirişi uçun eng mustahkam zamin yaratadi. Mahallalardagi har bir xonadon va ijtimoiy soha obʼektlari qöriqlaş uçun işonçli qöllarga topşirilganini his qiliş odamlarda ertangi kunga bölgan umid va xotirjamlikni yanada mustahkamlaydi. Bundan közlangan maqsad esa yagona – har bir fuqaro öz uyida, köçada va iş joyida özini tölaqonli xavfsiz his qilişiga erişişdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶