“Kasaba uyuşmasi kubogi” sport musobaqalarining hudud va tuman bosqiçlari ötkazildi
Amudaryo tumanida taʼlim sohasi xodimlari örtasida «Kasaba uyuşmasi kubogi» sport musobaqalari ötkazildi.
«Beş taşabbus olimpiadasi» doirasida taşkil etilgan mazkur sport bayrami «Soğlom tanda — sifatli taʼlim» şiori ostida ötdi. Musobaqada Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlari öz mahoratlarini namoyiş etdilar.
Birinçi bosqiç: Ğoliblar saralandi Joriy yilning 6-7-aprel kunlari tumanning 8 ta hududida musobaqaning ilk bosqiçi bölib ötdi. Unda jami 256 nafar xodim ğoliblikni qölga kiritib, tuman bosqiçida iştirok etiş yöllanmasini qölga kiritdi.
Keskin va murosasiz bahslar 8-aprel kuni Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabida voleybol, şaxmat, şaşka va stol tennisi böyiça ikkinçi bosqiç bellaşuvlari bölib ötdi. Natijalarga köra, quyidagi iştirokçilar şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldilar:
-
Şaxmat: Gözal Kenjabayeva (80-maktab) va Oybek Boltabayev (67-maktab);
-
Şaşka: Dilnoza Yuldaşeva (2-maktab) va Amin Eşimbetov (6-maktab);
-
Stol tennisi: Fotima Şamuratova (64-maktab) va Doniyor Yuldaşev (40-maktab);
-
Voleybol: 28-sonli maktabning ayollar jamoasi va 5-sonli maktabning erkaklar jamoasi.
9-aprel kuni 40-sonli maktabning sport maydonida mini-futbol böyiça bahslar ötkazildi. Unda mahoratli öyini bilan ajralib turgan 7-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi.
Rağbat va istiqbol Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar. Endilikda uşbu ğoliblar musobaqaning uçinçi bosqiçida tuman şarafini himoya qiladilar.
Uluğbek ABDURAHMONOV, Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶