14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:31
Jamiyat 👁 241

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri oʻtkazildi

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri oʻtkazildi

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri oʻtkazildi. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qalbida Vatanga boʻlgan cheksiz muhabbat va sadoqat tuygʻularini uygʻotish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir yoshlar uchun haqiqiy jasorat va matonat maktabiga aylandi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni harbiy xizmatning mashaqqatli va sharafli yoʻli bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy armiyamiz bilan faxrlanish hissini shakllantirishdan iborat boʻldi.

Markaz hududida tashkil etilgan harbiy texnika va zamonaviy qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi yoshlar uchun shunchaki qiziqarli tomosha emas, balki ularga mamlakatimizning mudofaa qudrati va harbiy salohiyatini oʻz koʻzlari bilan koʻrish uchun ajoyib imkoniyatin boʻldi. Har bir zamonaviy qurol ortida Vatan tinchligini koʻz qorachigʻidek asrayotgan mard oʻgʻlonlarning kuchi, bilimi va jasorati mujassam ekanini yoshlar teran his etdilar. Talaba-yoshlar harbiy texnikalarning imkoniyatlari bilan tanishar ekan, yurt himoyachisi boʻlish naqadar yuksak masʼuliyat ekanini yana bir bor anglab yetdilar.

Tadbirning eng hayajonli va taʼsirli lahzalaridan biri — harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qoʻl jangi ustalarining chiqishlari boʻldi. Har bir harakatdagi aniqlik, tezkorlik va yuksak intizom tomoshabinlarni hayratga solmay qoʻymadi. Bu chiqishlar shunchaki jismoniy mashq emas, balki yillar davomida toʻplangan tajriba, iroda va bukilmas matonat mahsulidir. Yoshlar bu chiqishlarni kuzatar ekan, kuchli boʻlish, oʻz ustida muntazam ishlash va har qanday vaziyatda Vatan himoyasiga tayyor turish kabi oliyjanob maqsadlarni qalblariga tukkan boʻlsa ajab emas.

Harbiy orkestr sadolari ostida yangragan kuylar va isteʼdodli yoshlar ijrosidagi Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar tadbirga bayramona ruh va koʻtarinkilik bagʻishladi. Bu kuy-qoʻshqiqlar har bir tinglovchining yuragiga kirib borib, oʻz yurti, muqaddas tuprogʻi va hilpirab turgan bayrogʻi bilan faxrlanish tuygʻusini yanada mustahkamladi. Vatanparvarlik nafaqat soʻzda, balki mana shunday kuylarda, inson ruhiyatini junbushga keltiruvchi ohanglarda ham aks etadi. Bunday madaniy chiqishlar harbiy soha va jamiyat oʻrtasidagi maʼnaviy koʻprikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Taʼkidlash joizki, «Ochiq eshiklar kuni» doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari, keng jamoatchilik vakillari va yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi muloqotlar juda samimiy ruhda kechdi. Koʻrgazmali mashgʻulotlar va tashkil etilgan davra suhbatlari orqali yoshlar harbiy xizmatning nazariy va amaliy jihatlarini, uning inson shaxsiyatini shakllantirishdagi ahamiyatini chuqurroq angladilar. Bu yerda toʻplangan yoshlar nafaqat yangi bilimlarga ega boʻlishdi, balki oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar. Bunday bevosita muloqot yoshlarning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugida oʻtkazilgan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir kelajak posponlarini tarbiyalaydigan chinakam maktab vazifasini oʻtdi. Zero, Vatan himoyasi — bu nafaqat harbiylarning vazifasi, balki shu aziz tuproqda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad bitta — tinchlikni asrash, xalq farovonligini taʼminlash va yoshlarni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga daʼvat etish. Zero, mard va jasur oʻgʻlonlari bor yurtning kelajagi hamisha nurafshon boʻladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019