“Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ötkazildi
Yurtimizda inson qadrini uluğlaş, keksa avlod vakillariga ehtirom körsatiş, yoşlarni milliy qadriyatlar va hayotiy saboqlar ruhida tarbiyalaşga qaratilgan ezgu anʼanalar izçil davom etmoqda. Ayniqsa, nuroniylarning boy tajribasini jamiyat taraqqiyotiga daxldor muhim maʼnaviy boylik sifatida qadrlaş, ularning hayot yöli va ibratli faoliyatini yoş avlodga namuna qilib körsatiş bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ana şunday maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega tadbirlardan biri Amudaryo tumanida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” böldi.
Mazkur tadbir mazmun-mohiyati bilan nafaqat uç avlod — yoşlar, örta va keksa avlod vakillarini bir davrada jamlagani, balki ular örtasidagi maʼnaviy boğliqlikni yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli böldi. Uçraşuv davomida hayotning turli sinovlaridan ötgan, mehnat va jamoat faoliyatida katta tajriba töplagan nuroniylar bilan yoşlar örtasida samimiy muloqot maydoni yaratildi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursunboy Abdijabbarov, jamğarmaning tuman bölimi raisi Bekman Allaberganov, şuningdek turli sohalarda faoliyat yuritib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va madaniy rivojiga munosib hissa qöşgan, ayni paytda nafaqada keksalik gaştini surayotgan nuroniylar iştirok etdilar. Uçraşuvda faxriylar hayot yöli, mehnat faoliyati, yurt ravnaqi yölida qilingan xizmatlar va bugungi tinç-osoyişta hayotning qadri haqida fikr almaşdilar.
Ayniqsa, yoşi uluğ faxriylarning hayoti va mehnat faoliyati davomida töplagan boy tajribasi, yoşlik davridagi öziga xos qiyinçiliklar, mehnat pallasidagi maşaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida körsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida aytgan dil sözlari tadbir iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Nuroniylar har bir davrning öz sinovi, öz masʼuliyati bölişini, biroq halol mehnat, sabr, matonat va vatanga sadoqat insonni hamişa yuksaklikka olib çiqişini alohida taʼkidladilar. Ularning samimiy xotiralari, hayotiy misollar bilan boyitilgan fikr-mulohazalari, ayniqsa yoşlar uçun öziga xos hayot darsi böldi.
Uçraşuv davomida tumanda davlat organlarida, jamoat taşkilotlarida bir neça yillar samarali mehnat qilgan Rustam Rözmetovga “Ardaqli nuraniy” kökrak nişoni topşirildi. Bu eʼtirof uning köp yillik samarali mehnati, el-yurt xizmatidagi fidoyiligiga berilgan munosib baho böldi.
Rustam Rözmetov mehnat faoliyatining ilk yillarida tumanimizdagi 30-sonli maktabda öqituvçi bölib işlagan. Keyinçalik tuman ijroiya qömitasida faoliyat yuritgan. 1991-1996-yillarda Özbekiston Xalq demokratik partiyasining Amudaryo tumani Kengaşi kotibi, birinçi kotibi lavozimlarida, 1996-2004-yillarda esa tuman hokimligida hokimning birinçi örinbosarigaça bölgan lavozimlarda sidqidildan mehnat qilgan. Uning ayniqsa “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman bölinmasi raisi sifatida mahallani aholiga çinakam xizmat körsatuvçi xalqçil tuzilmaga aylantiriş borasidagi xizmatlari alohida eʼtirofga sazovor.
Tadbir davomida, şuningdek, mahalla hayotidagi samarali iştiroki, yoş avlodni milliy qadriyatlar, odob-axloq va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş yölidagi ibratli mehnati, şuningdek mahallada tinçlik, ahillik va totuvlikni mustahkamlaşga qöşayotgan munosib hissasi uçun bir guruh nuroniylar tuman hokimligining taşakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida keksa avlod vakillarining jamiyat hayotidagi örni, ularning oila va mahalladagi örnak bölarli faoliyati, tinçlik va totuvlikni mustahkamlaşdagi hissasi haqida ham alohida söz yuritildi. Qayd etilganidek, nuroniylar — mahallaning fayzi, xonadonlarning barakasi, yoşlar uçun esa donişmand maslahatgöydir. Şu bois ularga ehtirom körsatiş, holidan xabar oliş, hayotiy tajribasidan bahramand böliş xalqimizga xos yuksak qadriyatlardan biridir.
Şu kuni “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi Tursunboy Abdijabbarov boşçiligidagi masʼullar tumanning Beruniy mahallasida istiqomat qiluvçi Yöldoş Allaberganov xonadonida ham böldilar. U yerda oila rahbari bilan samimiy muloqot ötkazilib, uning hayot yöli, mehnat faoliyati, mahalla va tuman taraqqiyotiga qöşgan hissasi haqida iliq fikrlar bildirildi. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qöşgan Yöldoş Allaberganovga ham “Ardaqli nuraniy” kökrak nişoni topşirildi.
Bu eʼtirof nuroniylarning köp yillik halol mehnati, el manfaati yölidagi xizmatlari heç qaçon unutilmasligi, ularning hayot yöli bugungi va ertangi avlod uçun hamişa ibrat maktabi bölib qolişini anglatadi. Zero, yurt taraqqiyoti yölida fidokorona mehnat qilgan insonlarni qadrlaş — bu jamiyatning öz tarixi, öz qadriyatlari va öz kelajagiga bölgan hurmatidir.
Şuningdek, şu mahallada istiqomat qiluvçi 97 yoşli nuroniy Quvvat Abdurahmonov holidan ham xabar olindi. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan tabarruk otaxonga bayram sovğalari topşirilib, duolari olindi. Bunday eʼtibor va ğamxörlik nuroniylar qalbidagi mamnuniyatni yanada oşirişi, jamiyatda mehr-oqibat, hurmat va insonparvarlik muhitini mustahkamlaşi bilan qimmatlidir.
Xulosa örnida aytiş joizki, Amudaryo tumanida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri avlodlar örtasidagi maʼnaviy köprikni mustahkamlaş, nuroniylarning boy hayot tajribasini eʼtirof etiş va yoşlarni şu ruhda tarbiyalaşga xizmat qilgan muhim maʼnaviy tadbir böldi. U nafaqat keksa avlodga ehtirom ifodasi, balki kelajak egalari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶