Amudaryoda “Yoşlar kuni” doirasida uçraşuvlar ötkazildi
Yurtimizda yoşlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri sifatida qaralmoqda. Zero, har bir davlatning ertangi kuni, taraqqiyoti va farovonligi aynan yoş avlodning bilimli, salohiyatli va vatanparvar bölib voyaga yetişiga boğliq. Şu bois mamlakatimizda yoşlarning har tomonlama rivojlanişi, taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi, bandligini taʼminlaş hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan uçraşuvi davomida ham bu masalalarga alohida eʼtibor qaratilib, yoşlar bilan işlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. Mazkur uçraşuvda ilgari surilgan taşabbuslardan biri sifatida endilikda har payşanba kuni “Yoşlar kuni” deb eʼlon qilindi. Bu esa joylarda yoşlarning muammolarini örganiş, ularning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda iqtidor va qobiliyatini röyobga çiqariş uçun muhim imkoniyat yaratmoqda.
Mazkur taşabbus ijrosi doirasida 5-mart kuni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi tuman rahbarlari Qipçoq şaharçasi hududida joylaşgan 1-son texnikum faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Taşrif davomida taʼlim maskanida olib borilayotgan öquv jarayonlari, öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, zamonaviy kasb-hunarlarni örgatiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda yoşlarning qiziqişlari asosida taşkil etilgan turli tögaraklar faoliyati örganildi.
Texnikumda yoşlarning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilayotgani, öquvçilarga zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallaşlari uçun zarur şaroitlar yaratilgani alohida qayd etildi. Şuningdek, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida yölga qöyilgan sport tögaraklari faoliyati ham közdan keçirildi.
Xususan, voleybol hamda milliy kuraş tögaraklari maşğulotlari bilan tanişiş jarayonida yoşlarning sportga bölgan qiziqişi, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar eʼtirof etildi. Sport bilan muntazam şuğullaniş yoşlarning nafaqat jismonan çiniqişi, balki irodasi va intilişlarini mustahkamlaşda ham muhim omil ekani taʼkidlandi.
Şuningdek, taşrif davomida hududdagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Uçraşuv avvalida maktabda taʼlim olayotgan iqtidorli yoşlarning ijodiy işlari va sanʼat namunalari namoyiş etildi.
Yoş ijodkorlar tomonidan ijro etilgan betakror kuy-qöşiqlar, milliy çolğu asboblarida ijro etilgan musiqiy kompozitsiyalar hamda yoş rassomlarning rang-barang ijod namunalari yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yoşlarning sanʼatga bölgan qiziqişi, ularning isteʼdodi va ijodiy salohiyati barçani quvontirdi.
Şundan söng yoşlar bilan samimiy muloqot taşkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslari tinglandi. Uçraşuv davomida yoşlar tomonidan bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, imtiyozli kreditlardan foydalaniş, yer maydonlari ajratiş hamda kasb-hunar örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş kabi masalalar yuzasidan qator murojaat va takliflar bildirildi.
Masʼul rahbarlar tomonidan har bir murojaat alohida körib çiqilib, mavjud muammolarni hal etiş yuzasidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda amaliy çoralar körilişi taʼkidlandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qolgan murojaatlar ijrosi böyiça mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kunda yoşlarning bilimli, taşabbuskor va faol bölib voyaga yetişi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Şu bois joylarda yoşlar bilan oçiq muloqotlar ötkaziş, ularning muammo va takliflarini örganiş hamda har tomonlama qöllab-quvvatlaş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.
Amudaryo tumanida taşkil etilayotgan bunday uçraşuv va tadbirlar yoşlarning orzu-intilişlarini röyobga çiqariş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş hamda kelajakda yetuk mutaxassis, vatanparvar insonlar bölib yetişişiga xizmat qiladi.
Taʼkidlaş joizki, bu kabi uçraşuv va oçiq muloqotlar tumanning boşqa mahallalarida ham izçil davom ettiriladi. Bu esa yoşlarning muammolarini öz vaqtida hal etiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda har bir yoşning jamiyatda munosib örin egallaşiga zamin yaratadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶