Amudaryo tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ötkazildi
Insoniyat tarixi davomida ayolni eʼzozlaş, unga hurmat va ehtirom körsatiş turli madaniyatlar, dinlar va jamiyatlarda öziga xos şakllarda namoyon bölgan. Qadimgi davrlardanoq ayol hayot manbai, oila poydevori va jamiyatning maʼnaviy-axloqiy ustuni sifatida qadrlangan. Dunyoning köplab madaniyatlarida ayolning mehri va sabr-toqati yuksak eʼtirof etilgan. Zamonaviy insoniyat esa bu qadriyatlarni huquqiy va ijtimoiy tenglikka asoslangan holda rivojlantirmoqda: ayolning taʼlim oliş, mehnat qiliş, siyosiy faoliyatda iştirok etiş va özini özi röyobga çiqariş huquqlarini himoya qiliş global miqyosda muhim masalaga aylangan.
Şu sababli ham 8-mart dunyoning köplab mamlakatlarida ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy yutuqlarini uluğlaş, gender tenglikni taʼminlaş va kamsitişlarga qarşi kuraş kuni, Xalqaro xotin-qizlar bayrami sifatida keng nişonlanadi.
Amudaryo tumanida ham mazkur sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ötkazildi. Tuman Madaniyat bölimi binosida taşkil etilgan uşbu tadbir turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan faol xotin-qizlar, keng jamoatçilik vakillari, nuroniy onaxonlar hamda tuman aholisining keng qatlami iştirok etdi. Bayram tadbiri xotin-qizlarning jamiyatdagi munosib örnini yana bir bor eʼtirof etiş, ularning mehnati, fidoyiligi va oilaviy-ijtimoiy hayotdagi beqiyos rolini yuksak qadrlaş maqsadida ötkazildi.
Tadbirni tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov oçib berdi. U öz tabrigida barça xotin-qizlarni uşbu qutluğ bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda öz olganlar xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi örni beqiyos ekanini, ular oilada mehr-muhabbat va tarbiya manbai, jamiyatda esa fidoyi, taşabbuskor va masʼuliyatli kuç sifatida barça sohalarda öz örniga ega ekanini taʼkidladilar.
Çindan ham, bugun yurtimizda xotin-qizlar taʼlim, tibbiyot, madaniyat, iqtisodiyot, tadbirkorlik, qişloq xöjaligi va boşqa köplab sohalarda erkaklar bilan teng ravişda faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Şu bilan birga, ularning oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, farzandlarni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalaşdagi roli ham alohida eʼtirofga sazovordir.
Tadbirda davlat va nodavlat taşkilotlarida, xususiy biznes sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlar bayram munosabati bilan taqdirlandi. Mehnatsevarligi, taşabbuskorligi va fidoyiligi bilan atrofdagilarga örnak bölib kelayotgan ayol-qizlarga tuman hokimi nomidan taşakkurnomalar va esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi. Bu kabi hurmat va ehtirom nafaqat ularning şaxsiy yutuqlarini eʼtirof etiş, balki butun tumandagi xotin-qizlar mehnatiga yuksak eʼtiborning yorqin ifodasi böldi. Taqdirlanganlar orasida öqituvçilar, şifokorlar, madaniyat va sanʼat xodimlari, tadbirkor ayollar, mahalla faollari va boşqa soha vakillari bor edi. Ularning har biri öz sohasida köp yillik samarali faoliyati bilan jamiyat rivojiga hissa qöşib kelayotgani alohida qayd etildi.
Tadbirda iştirok etgan barça xotin-qizlarga bayram munosabati bilan esdalik sovğalari topşirildi. Har bir iştirokçi özini eʼzozli va qadrli his qildi, bayram taşkilotçilari ularga samimiy tilaklar – soğlik-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, mehnatda muvaffaqiyatlar va hayotda har doim gullab-yaşnaşdek baxt-saodat tilab, samimiy minnatdorlik izhor etdilar.
Çindan ham, yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatini taʼminlaş, muammolarini hal qiliş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilgani bugun özining ijobiy samarasini bermoqda. Yaratilgan keng imkoniyat va şaroitlar hisobiga mamlakatimiz böylab 230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi şakllandi, mirişkor fermer ayollarimiz 12 ming nafardan oşdi. Ilm-fan rivojiga ulkan hissa qöşayotgan olimalarimiz 6 ming nafardan oşdi.
Sana munosabati bilan tuman Madaniyat bölimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturida bahor, gözallik, ona, ayol va muhabbat mavzularini tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar, jozibali raqslar, qiziqarli sahna körinişlari namoyiş etildi. Sanʼatkorlarning ijrosidagi milliy qöşiqlar, zamonaviy estrada kuylari va lirik raqslar yiğilganlarning qalbida bayramona kayfiyat uyğotdi. Kontsert dasturi xotin-qizlarning gözalligi, mehri va hayotga bölgan muhabbatini yana bir bor uluğladi, ularga öziga xos ruhiy kötarinkilik bağişladi.
Uşbu bayram tadbiri Amudaryo tumanida xotin-qizlarga bölgan eʼtibor va ğamxörlikning yana bir yorqin namunasi böldi. U nafaqat bayramni nişonlaş, balki ayollarning jamiyatdagi rolini yuksaltiriş, ularning mehnatini qadrlaş va kelgusida ham samarali faoliyat yuritişga ruhlantirişdek uluğvor maqsadlarga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi. Tadbir orqali xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi, oiladagi örni va ahamiyati yana bir bor eʼtirof etilib, jamiyatdagi birdamlik, mehr-muhabbat va özaro hurmat muhitini mustahkamlaşda ularning örni beqiyos ekani taʼkidlandi.
Fursatdan foydalanib, aziz va möʼtabar ayollarni, muhtarama onalar, qadrli opa-singillar va dilbar qizlarni bahor nafasi bilan kirib kelgan gözal ayyom — 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Uşbu qutluğ bayram munosabati bilan barçangizga mustahkam soğlik, oilaviy baxt-saodat, qalbingizga xotirjamlik, ezgu işlaringizga omad va muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz. Xonadoningizdan fayz-baraka, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat aslo arimasin, aziz ayollar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶