IÇIMLIK SUVIDAN NOQONUNIY FOYDALANIŞ HOLATLARIGA ÇEK QÖYILMOQDA
Içimlik suvi — nafaqat hayot manbai, balki asrab-avaylanişi lozim bölgan strategik resursdir. Ayniqsa, iqlim özgarişi va suv tanqisligi kuçayib borayotgan bugungi şaroitda har bir tomçi suvning qadri oşib bormoqda. Şu bois suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş, tizimga özboşimçalik bilan ulanişlarning oldini oliş hamda sohada qonun ustuvorligini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Içimlik suvidan qonunga xilof ravişda foydalanişning oldini oliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspektsiyasi, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasining qöşma qarori qabul qilingan. Ayni kunlarda mazkur qöşma qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida joylarda tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu hamkorlik suv taʼminoti tizimini muhofaza qiliş, tarmoqlardagi yöqotişlarni kamaytiriş va aholiga barqaror xizmat körsatişni taʼminlaşga qaratilgan.
Mazkur tadbirlar doirasida Amudaryo tumanining çekka hududlarida içimlik suvi taʼminoti tizimlaridan foydalaniş madaniyatini oşiriş, tarmoqqa noqonuniy ulanişlarni aniqlaşga qaratilgan navbatdagi reyd tadbirlari ötkazildi. Xususan, tumandagi Örta qalʼa ovuli hamda Böston mahallasi hududlarida ötkazilgan örganişlar jarayonida sohadagi mavjud tartib-qoidalarga amal qilmay, özboşimçalik bilan tarmoqqa ulanib olgan fuqarolar aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan holatlar joyida örganilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.
Taʼkidlaş joizki, suv taʼminoti tizimiga noqonuniy ulaniş nafaqat davlat manfaatlariga zarar yetkazadi, balki tarmoqdagi bosimning pasayişiga, quvurlarning şikastlanişiga va masʼuliyatli isteʼmolçilarga ham suv yetkazib berişda uzilişlar bölişiga sabab böladi.
Reyd davomida aniqlangan holatlar böyiça ikki nafar fuqaroga nisbatan tegişli çoralar körildi. Mazkur şaxslarning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 163-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari qayd etilgani natijasida qonunbuzarlarga nisbatan jami 8 million 240 ming söm miqdorida jarima jazosi qöllanildi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat jazolaş, balki aholi örtasida huquqiy tarğibot işlarini kuçaytirişni ham közda tutadi. Şu sababli Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspektsiyasi xodimlari joylarda aholi va isteʼmolçilar bilan uçraşuvlar ötkazib, amaldagi qonunçilik talablari haqida maʼlumotlar bermoqda. Uçraşuvlarda fuqarolarga içimlik suvidan foydalanişda şartnomaviy munosabatlarga amal qiliş, hisoblagiç asboblarini öz vaqtida örnatiş va noqonuniy harakatlardan tiyiliş lozimligi uqtirilmoqda. Zero, suv taʼminoti tizimining barqaror işlaşi, kelgusi avlodlar uçun ham toza va yetarli suv zaxiralarini saqlab qoliş har birimizning masʼuliyatimizga bevosita boğliq.
Hududlarda nazorat reydlari izçil davom ettirilmoqda. Bu esa suv isrofgarçiligiga çek qöyiş, sohada qonuniylikni mustahkamlaş va aholiga sifatli xizmat körsatişni taʼminlaş yölidagi muhim qadamdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶