Beş tom mahallasida ijtimoiy profilaktika: natijalar va muammolar tahlil qilindi
Bugungi kunda mahallalarda jinoyatçilikning oldini oliş, ijtimoiy profilaktika işlarini samarali taşkil etiş va aholi muammolarini joyida hal qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Şu maqsadda joriy yil 5-yanvar kuni Prezidentimizning maxsus qaror qabul qilinib, bu boradagi işlar yangi bosqiçga kötarildi. 15-fevral kuni Amudaryo tumani Prokuraturasi masʼullari rahbarligidagi mahalliy işçi guruh tomonidan mazkur qaror asosida tumanning Beş tom mahallasida amalga oşirilayotgan işlar ahvoli joyiga çiqqan holda örganildi.
Beş tom mahallasida jami 3810 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan 1880 nafarini ayollar taşkil etadi. Mahallada 740 ta xonadon, 939 ta oila va 36 ta köça mavjud. Ötgan yilning 12 oyi davomida mahallada jami 3 ta jinoyat sodir etilgan. Şundan bittasi oldini oliş mumkin bölgan, 2 tasi esa aniqlanadigan jinoyatlar hisoblanadi. 2025-yil yakuniga köra mahalla toifasi “yaşil” deb baholangan. Joriy yil yanvar oyi yakuni böyiça esa mahalla hududida bironta ham jinoyat sodir etilmagan va toifa yana “yaşil” deb qayd etilgan.
Prezidentimizning yuqoridagi qarori doirasida işlab çiqilgan çoraklik “yöl xarita” ijrosi böyiça örganişlar davomida ayrim kamçiliklar ham aniqlandi. Jumladan, maxsus elektron platformaga orqali profilaktika inspektoriga 37 ta band biriktirilgan bölib, joriy yil davomida 21 ta maʼlumot yuklangan. “Yöl xaritasi”ning tegişli 4 bandiga muvofiq, voyaga yetmaganlarni qarovsiz va nazoratsiz qoldirgan 5 nafar ota-onalarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Biroq Qipçoq köçasi va Qipçoq çoyxona köçasiga 2 ta kuzatuv kamerasi örnatiş vazifasi bajarilmagan. Şuningdek, xonadonlar, savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, köngiloçar maskanlar, kafe, restoran va barlarni qöriqlovga oliş çoralari körilmagan. 6 ta ijtimoiy obʼektga “Hudud kamera nazoratida” stikerlari örnatilgan, xolos. Kameralarning özi esa örnatilmagan.
Mazkur platforma böyiça xotin-qizlar faoliga 12 ta band biriktirilgan bölib, joriy yil davomida faqat 5 tasi böyiça maʼlumot yuklangan. Muntazam tazyiq va zöravonlikka uçrayotgan xotin-qizlar bilan ijtimoiy profilaktika işlari tekşiruv kuniga qadar taşkil etilmagan.
Yoşlar yetakçisiga 30 ta band biriktirilgan, ammo 12 tasi böyiça maʼlumot kiritilgan, 18 ta band böyiça maʼlumot yuklanmagan. 3-yönaliş 9.1 bandiga muvofiq, huquqbuzarlikka moyil 3 nafar yoş röyxatga olingan. Ulardan 2 nafari bilan profilaktik tadbir ötkazilgan, 1 nafari bilan esa umuman ötkazilmagan.
Ijtimoiy xodimga 10 ta band biriktirilgan bölsa-da, joriy yil davomida bironta maʼlumot yuklanmagan.
Örganiş jarayonida huquqbuzarlik ehtimoli bölgan şaxslar toifasi ham tahlil qilindi. Mahallada 3 nafar muqaddam sudlangan şaxs mavjud bölib, ular bilan profilaktik suhbatlar ötkazilgan. Jazoni ijro etiş muassasasidan qaytganlar 1 nafar, probatsiya hisobida turganlar 1 nafarni taşkil etadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etib, profilaktik hisobga olinganlar 8 nafar.
Spirtli içimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qaramlar 2 nafar bölib, ulardan 1 nafari ixtiyoriy ravişda davolanişga yotqizilgan. Ruhiy kasallar 3 nafar, ulardan 1 nafari davolaşga yotqizilgan. Qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarga ruju qöyganlar, ğayriijtimoiy xulq-atvorli şaxslar va qarovsiz voyaga yetmaganlar aniqlanmagan.
Oilaviy zöravonlik va tazyiq holatlari profilaktikasi doirasida 5 nafar xotin-qizga himoya orderlari berilgan. Biroq ajrim yoqasiga kelgan va nizoli oilalar bilan “xonadonbay” va “oilabay” profilaktika işlari yetarliça taşkil etilmagan.
Örganişlar davomida Beş tom mahallasi jinoyatçilik körsatkiçlari böyiça “yaşil” toifada saqlanib qolayotgan bölsa-da, “yöl xarita” ijrosi, elektron platformaga maʼlumot kiritiş, videokuzatuv tizimini joriy etiş va xotin-qizlar hamda yoşlar bilan profilaktika işlarini kuçaytiriş böyiça jiddiy kamçiliklar mavjudligi aniqlandi. Mazkur kamçiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etiş böyiça “mahalla yettiligi” aʼzolariga zarur topşiriqlar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶