14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:20
Jamiyat 👁 227

Grant loyihasi doirasida aholiga LED lampochkalar bepul tarqatildi

Grant loyihasi doirasida aholiga LED lampochkalar bepul tarqatildi

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida aholi oʻrtasida keng qamrovli targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihada ovul va mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazish, fuqarolarga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini tushuntirish, aholi ongida ekologik masʼuliyatni shakllantirish asosiy vazifa etib belgilangan.

Shuningdek, loyiha doirasida Amudaryo telekanali hamda Taraqqiyot koʻzgusi gazetasi tahririyatlari bilan hamkorlikda targʻibot materiallarini keng jamoatchilikka yetkazish koʻzda tutilgan. Bu esa ekologik madaniyatni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni naqadar muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi.

Grant loyihasining ish rejasiga muvofiq Amudaryo tumani Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda Doʻstlik mahallasida aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot va targʻibot yigʻilishi oʻtkazildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, havo va tuproq ifloslanishining oldini olishning ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

Mutasaddilar aholiga daraxt ekish va yashil hududlarni koʻpaytirish, tabiatni asrab-avaylash, noqonuniy daraxt kesilishining oldini olish, “yashil” texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdilar. Shu bilan birga, xonadonlarda yoritish tizimlarini energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlash, ortiqcha elektr sarfini kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Aholini energiya tejovchi qurilmalardan foydalanishga ragʻbatlantirish maqsadida yigʻilish ishtirokchilariga energotejamkor LED lampochkalar tarqatildi. Bu tashabbus orqali nafaqat oilalar xarajatini kamaytirish, balki elektr energiyasi sarfini qisqartirish, shu orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshish koʻzda tutilgan.

Ekologik masʼuliyat — bu faqat tabiatni yaxshi koʻrish emas, balki har bir fuqaroning kundalik odati va burchidir. Aholi ongida ekologik madaniyat shakllansa, hududlarning sanitariya holati ham yaxshilanadi: koʻcha-koʻylar tozalanadi, maishiy chiqindilar belgilangan joylarga tashlanadi, atrof-muhitdagi salbiy holatlar keskin kamayadi. Yashil hududlar inson salomatligi uchun tabiiy qalqon hisoblanadi. Shu sababli daraxt ekish, koʻchatlarni parvarishlash, mahalla va tashkilotlarda yashil zonalarni koʻpaytirish orqali havo tozaligi saqlanadi, chang kamayadi.

“Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday targʻibot tadbirlari aholida ekologik masʼuliyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni kuchaytirish va barqaror turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019