13.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.08.2026, 00:25
Sport 👁 161

Amudaryo tumani sport maktabi – yoshlar salomatligi va yuksak natijalar maskani

Amudaryo tumani sport maktabi – yoshlar salomatligi va yuksak natijalar maskani

Bugungi kunda Amudaryo tumani sport maktabi nafaqat tuman, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasida ommaviy va professional sportni rivojlantirishda yetakchi muassasalardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Sport maktabining asosiy maqsadi – yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb qilish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, iqtidorli sportchilarni kashf etib, yuksak sport marralariga yetkazishdan iborat.

Amudaryo tumani sport maktabi hududlarda joylashgan 3 ta asosiy sport bazasi orqali oʻz faoliyatini olib bormoqda. 1-baza – asosiy baza Amudaryo tumani “Olmazor” mahallasida joylashgan boʻlib, bu yerda 105x55 metr oʻlchamdagi futbol stadioni va 3000-oʻringa moʻljallangan tribuna mavjud. Bundan tashqari, bazada 12x24 metrli sport zali, 9x18 metrli voleybol maydoni, 14x28 metrli basketbol maydoni hamda 11x25 metrli yopiq suzish basseyni mavjud boʻlib, bu inshootlar turli sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishga xizmat qilmoqda.

2-baza Amudaryo tumani “Doʻstlik” mahallasida joylashgan. Ushbu hududda 100x70 metrli futbol stadioni va 850-oʻrinli tribuna mavjud boʻlib, u asosan futbol sport turiga ixtisoslashgan. Shuningdek, 7x9 metrli 2 ta kurash va stol tennisi zallari hamda 7x9 metrli badiiy gimnastika zali faoliyat yuritmoqda. Bu yerda dzyudo, kurash, stol tennisi, futbol va badiiy gimnastika yoʻnalishlarida muntazam mashgʻulotlar olib borilmoqda.

3-baza esa “Chordara” mahallasida joylashgan boʻlib, bu yerda 12x24 metrli sport zali (kurash va boks uchun) hamda 9x14 metrli moslashtirilgan stol tennisi zali mavjud.

Bugungi kunda Amudaryo tumani sport maktabida jami 28 ta sport turi boʻyicha mashgʻulotlar olib borilmoqda. Jumladan, 16 ta olimpiya sport turlari: dzyudo, boks, stol tennisi, taekvondo WT, badminton, ogʻir atletika, suzish, tennis, erkin kurash, yengil atletika, badiiy gimnastika, voleybol, futbol, basketbol, regbi va gandbol, 2 ta milliy sport turlari: oʻzbek kurashi va oʻzbek jang sanʼati, 3 ta noolimpiya sport turlari: qoʻl jangi, shaxmat, karate WKF, 7 ta parasport turlari: para dzyudo, para oʻq otish, para pauyerlifting, para stol tennisi, para taekvondo, para badminton.

Sport maktabida 157 ta guruhda jami 2240 nafar sportchi, shundan 730 nafari qizlar muntazam shugʻullanmoqda. Ularning bilim va mahoratini oshirishda 68 nafar sport murabbiylari faoliyat olib bormoqda. Murabbiylarning 50 nafari oliy maʼlumotli, 20 nafari oliy toifali murabbiylar boʻlib, bu sport maktabida yuqori malakali kadrlar faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.

Soʻnggi yillarda Amudaryo tumani sportchilari respublika va xalqaro musobaqalarda salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. 2024–2025 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklarida jami 86 ta medal, jumladan 18 ta oltin, 26 ta kumush va 41 ta bronza medallari qoʻlga kiritildi.

Osiyo chempionati va kuboklarida esa 5 ta medal, xalqaro turnirlarda esa 12 ta medal jamgʻarildi. Boks, dzyudo va taekvondo WT sport turlarida sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Alohida eʼtiborga molik jihati shundaki, 14 nafar sportchi Oʻzbekiston terma jamoalari safiga qabul qilindi, ulardan 11 nafari asosiy tarkib aʼzolari hisoblanadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Amudaryo tumanida mahalla va sektor bosqichlarida sport musobaqalari keng koʻlamda oʻtkazildi. Respublika final bosqichi natijalariga koʻra, tuman yoshlarimiz 7 ta medalni qoʻlga kiritib, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 2025-yilgacha 16 ta sport maydonchasi qurib berildi, 2026-yilda esa Beshtom va Chordara mahallalarida zamonaviy workout maydonchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Amudaryo tumani sport maktabi bugungi kunda yoshlar salomatligini mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni kashf etish va yurtimiz sporti nufuzini oshirish yoʻlida samarali faoliyat olib bormoqda. Zamonaviy sport inshootlari, tajribali murabbiylar va yuksak natijalar ushbu sport maskanining kelajakda yanada katta yutuqlarga erishishiga mustahkam zamin yaratmoqda. 

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019