14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:17
Siyosat 👁 966

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 17-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat madhiyalari sadolari ostida ochildi. Sessiya majlisiga Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Alisher Yoʻldashev raislik qildi. Sessiya kotibligiga “23-Qipchoq” saylov okrugidan deputat Muyassar Raxmatullayeva nomzodi deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Fahriddin Yusupov drayver loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida hisobot berdi. Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 223-sonli Farmoniga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda har bir tuman va shaharda hududning iqtisodiy oʻsishiga turtki beruvchi sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida kamida 5 tadan drayver loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlashi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Chordara mahallasi hududida joylashgan Buyuk Turon, Chordara va Maxtumquli koʻchalari tutashgan hududda savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bunda transformator oʻrnatish, SIP kabel tortish, lotoklar oʻrnatish, zamonaviy aqlli bekat qurish hamda asfaltlash ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan. Ushbu hududda savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarini tashkil qilish uchun 10,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratish boʻyicha taklif bildirildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman prokurori Bahram Masharipov tuman prokuraturasining qonun ustuvorligini taʼminlash sohasidagi faoliyati haqida axborot berdi. Axborotda taʼkidlanishicha, tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida hududda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, qonunlar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan 140 ta nazorat tadbirida 1200 ta qonun buzilish holatlari aniqlanib, 314 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilgan. Qoʻpol qonun buzilishlari yuzasidan 21 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Kun tartibidagi yana bir masala — 2025-yilning 12 oyi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Timur Doshumbayev hisobot berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman va mahallalar kesimida chora-tadbirlar yoʻl xaritalari ishlab chiqilib, mahalla yettiligi, Adliya, sogʻliqni saqlash hamda boshqa masʼul idoralar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasida tumandagi 32 ta mahalla “yashil” toifaga kiritilib, ularda jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi. Shu bilan birga, jinoyat salmogʻi oshgani sababli 2 ta mahalla “qizil”, 15 ta mahalla esa “sariq” toifaga kiritildi. 2024-yil va 2025-yilning 12 oyi davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 438 tadan 127 taga, yaʼni 60,7 foizga kamaydi. Oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar esa 161 tadan 127 taga, yaʼni 21,1 foizga qisqardi.

Sessiya majlisida tuman hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi masala yuzasidan hokimlik ijro intizomi nazorati boʻlinmasi bosh mutaxassisi Maʼmurjon Tadjiboyev axborot berdi. Axborotga koʻra, 2025-yil davomida tuman hokimligiga 31 ta Prezident Farmoni, 47 ta qaror, 2 ta farmoyish hamda Vazirlar Mahkamasining 49 ta qarorlari asosida tayyorlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining jami 129 ta normativ-huquqiy hujjatlari kelib tushgan. Ushbu hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimining 62 ta qarori qabul qilingan, 67 ta hujjat esa maʼlumot va ijro uchun qabul qilingan.

Shuningdek, ijro intizomi elektron tizimi orqali kelib tushgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 173 ta hujjati asosida berilgan 1089 ta topshiriqdan 1064 tasi, yaʼni 98 foizi ijro etilgan. Qolgan 25 ta topshiriq ijro jarayonida boʻlib, shundan 17 tasi ayrim moliyaviy va tashkiliy sabablarga koʻra kechikayotgani va doimiy nazoratga olingani maʼlum qilindi.

Sessiya kun tartibidagi “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi” masalasi yuzasidan Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldashev hisobot berdi. Hisobotda joriy yil mart oyida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida jami 120 mingdan ortiq koʻchat ekilgani, “Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi”dan shartnoma asosida 40 ming koʻchat sotib olinib, buning uchun 511 mln soʻm mablagʻ sarflangani qayd etildi.

Shuningdek, fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 170 mln soʻmlik 31 ta kompyuter texnikasi, 99 mln soʻmlik 34 ta printer, 271 mln soʻmlik 41 ta konditsioner xarid qilingan. 16 ta mahallaga 29 ta kuzatuv kamerasi oʻrnatilib, buning uchun 335 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Mahallalar binolarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 93 mln soʻm sarflangan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jami 416 mln soʻmlik moddiy yordam koʻrsatilgan. Umuman olganda, yil davomida ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar uchun 1 mlrd 384 mln soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019