NUKUSDA AFĞON URUŞI FAXRIYLARINING ANʼANAVIY UÇRAŞUVI BÖLIB ÖTDI
Tarix sahifalarida muhrlanib qolgan qonli voqealar, ayniqsa, inson taqdiri bilan boğliq fojiali uruş xotiralari heç qaçon unutilmaydi. 1979–1989-yillarda Afğoniston zaminida keçgan ayovsiz janglar tugab, sobiq ittifoq qöşinlari Afğon zaminidan olib çiqilganiga 37-yil tölgan bölsada, öşa oğir kunlarning iztirobli xotirasi haligaça uruş iştirokçilarining yodidan öçmagan.
14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni hamda Afğonistondan sobiq ittifoq qöşinlari olib çiqilganining 37 yilligi munosabati bilan Nukus şahrida taşkil etilgan anʼanaviy uçraşuv uruş olovidan omon çiqqan quroldoşlarni yana bir bor bir fayzli dasturxon atrofida jamladi. Sönggi ikki yildan buyon anʼanaga aylangan mazkur tadbir Özbekiston “VETERAN” jangçi-faxriylar va nogironlar birlaşmasining Qoraqalpoğiston bölimi taşabbusi bilan ança keng miqyosda ötkazilmoqda. Uçraşuvga Qoraqalpoğiston Respublikasining barça şahar va tumanlaridan Afğon uruşida iştirok etgan sobiq baynalmilalçi jangçilar taklif etildi.
Tadbir dastlab Nukus şahridagi “Motamsaro ona” haykali ziyorati bilan boşlandi. Özbekiston “VETERAN” jangçi-faxriylar va nogironlar birlaşmasining Qoraqalpoğiston bölimi boşliği Yusupbek Allanbekov boşçiligida faxriylar haykal poyiga gulçambarlar qöyib, jang maydonlaridan qaytmagan safdoşlari xotirasiga çuqur ehtirom izhor etdilar.
Xotira maydonida namoyiş etilgan harbiy texnikalar — tanklar va jangovar maşinalarni tomoşa qiliş jarayoni faxriylarda ötmişning oğir, ammo mardlikka töla manzaralarini qayta jonlantirdi. Bu texnikalar ularga öqlar yomğiri ostida ötgan yillarni, yonma-yon turib jang qilgan va halok bölgan döstlarini yana bir bor eslatdi.
Sobiq ittifoq rahbariyatining notöğri siyosati oqibatida minglab yigitlar Afğoniston tuproğida maqsadsiz uruş girdobiga tortilgan. 1979–1989-yillar davomida Qoraqalpoğiston Respublikasidan 3600 nafardan ortiq yigit Afğon uruşida iştirok etgan. Ulardan 89 nafari jang maydonlarida halok bölgan, yuzlab hamyurtlarimiz esa oğir jismoniy va ruhiy jarohatlar bilan Vatanga qaytgan.
Afsuski, uruş asoratlari yillar ötib ham öz taʼsirini körsatdi. Ötgan 30–40-yil davomida köplab faxriylar uruşda orttirilgan kasallik va jarohatlar sababli hayotdan bevaqt köz yumdilar. Bugungi kunda Qoraqalpoğistonda 2100 nafardan ziyod sobiq baynalmilalçi jangçilar tinç va osoyişta hayot keçirib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Tadbirning asosiy qismi Nukus şahridagi “Qirq qiz” restoranida davom etdi. Milliy urf-odatlarga muvofiq, dasturxon boşida avvalo Vatan yölida halok bölgan mard öğlonlarning ruhiga Qurʼon tilovat qilinib, ular haqiga duolar öqildi.
Uçraşuv davomida ayni paytda xorijda yaşayotgan va muborak Umra ziyoratini ado etayotgan sobiq jangçilar videoaloqa orqali tadbir iştirokçilariga murojaat qilib, quroldoşlarini bayram bilan tabrikladilar. Bu holat masofalar qançalik uzoq bölmasin, jang maydonlarida toblangan döstlik riştalari heç qaçon uzilmasligini yana bir bor tasdiqladi.
Şuningdek, tadbir davomida “VETERAN” birlaşmasining Qoraqalpoğiston bölimi hamda uning joylardagi tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga “Faxriy yorliq”lar topşirildi. Afğon uruşida iştirok etgan 135 nafar faxriyga esa esdalik sovğalari ulaşildi.
Nukus şahrida bölib ötgan mazkur uçraşuv nafaqat xotira tadbiri, balki tinçlikning qadrini anglaş, bugungi osuda kunlarga şukronalik keltiriş hamda yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qiluvçi maʼnaviy tadbir böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶