Amudaryo tumani fermerlari kengaşi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI
ĞALLANGIZGA QÖŞIMÇA ÖĞIT BERING HAMDA AGROTEXNIK TADBIRLARNI ÖZ VAQTIDA QÖLLAB, ĞALLADAN MÖL HOSIL OLIŞGA ERIŞING!
Qadrli yurtdoşlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Qişloq xöjaligida global iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida mahsulot yetiştirişni köpaytiriş orqali xalqimizni sifatli oziq-ovqatga ehtiyojini taʼminlaş ustuvor vazifamizdir.
Davlatimiz rahbari 2025-yil 26-dekabrdagi murojaatnomada qişloq xöjaligida hosildorlikni yangi texnologiyalar asosida oşiriş va sohani qöllab-quvvatlaş borasida muhim vazifalarni belgilab berdilar.
Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan agrar sohada mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarning iqtisodiyotimizni yuksaltiriş, xalqimiz farovonligini oşiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş borasidagi ulkan xizmatlarini eʼtirof etdilar. Bu, albatta fermer, dehqonlarimizni yuksak marralar va yuqori natijalar sari ruhlantiradi, öz vazifasiga katta masʼuliyat bilan yondoşişga undaydi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan köplab Farmon va qarorlar Siz, dehqon va fermerlarning qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdagi ulkan yutuqlaringizga mustahkam zamin yaratmoqda.
Aynan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi “Paxtaçilik va ğallaçilikda hosildorlikni oşiriş uçun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qöllaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-370-sonli qarori bilan fermerlarga katta imtiyoz va vakolatlar berildi. Jumladan, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etiş, ilm-fan yutuqlari va ustoz-şogird anʼanalariga asoslangan yangi tizimni joriy etiş orqali hosildorlikni oşiriş, hosildorlikni ğallaçilikda 100 tsentnergaça yetkaziş borasida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi.
Ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida 2026-yil hosilidan boşlab ğallani öz mablağlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uçun realizatsiya qilgan qişloq xöjaligi korxonalariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
Bu imtiyozli kreditni olmasdan ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklari uçun katta imkoniyat, degani.
Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş borasida katta imtiyozlar berilgani ham fermerlarimizni suvdan tejamkorlik bilan foydalanişga va ğalladan yuqori hosil olişiga rağbatlantiradi.
Yangi Özbekistonimizning bu yilgi ulkan ğalla xirmonini omilkor dehqonlar, fermerlar, suvçilar, agronom va mexanizatorlar hamda sohaning fidoiy olimlari, tajribali mutaxassislarning zahmatli mehnatlari evaziga yaratilişini hammamiz his qilib turibmiz.
Mamlakatimizda fermer xöjaliklariga ğalla yetiştiriş uçun ajratilgan imtiyozli kredit mablağlaridan erkin foydalaniş hamda xizmat körsatuvçi va resurs yetkazib beruvçilarni ixtiyoriy tanlaş huquqining berilişi, şuningdek, donni xarid qiliş hamda sotişda birja mexanizmining joriy etilganligi Siz fermerlarga katta manfaatdorlikni taʼminlamoqda.
Dehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “Yil yilga öxşamaydi”, bugungi kunda ğalla maydonlarini parvarişlaşda özgaça agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişni davr şiddati taqoza etmoqda.
Aziz mirişkor dehqon va fermerlar!
Yuqoridagi kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş uçun Özbekiston fermerlari kengaşi rayosati aʼzolari, tegişli soha olim va mutaxassislari tomonidan ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga va klasterlarga 2026-yilda har bir gektar ğalladan 100 tsentnergaça hosil oliş uçun quyidagi işlarni amalga oşirişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
birinçidan, har bir fermer xöjaligi tomonidan ğalla maydonlarini yana bir bor körib, rivojidan orqada qolayotgan maydonlarni aniqlab oling;
ikkinçidan, qisqa muddatda barça maydonlarga yetarli azotli öğitlar zaxirasini yarating va keçki hamda qoloq ğalla maydonlarini yaxşilaş maqsadida gektariga qöşimça 100-150 kg azotli öğitlar bilan oziqlantirişni taşkil etib, ğalladan barakali hosil olişga erişing;
Uçinçidan, suğorilmagan ğalla maydonlarida öq ariqlar oraliğini 60-70 metrdan oliş va qisqa muddatda yengil suğorişni taşkil eting;
törtinçidan, ekilgan ğalla maydonlarida kunduzi va keçki paytlarda ham dalalarda çorva mollarini boqiş holatlari köpaymoqda, şuning uçun maysani payhondan himoyalaş maqsadida dala çetlarini çetan bilan öraşni taşkil eting;
beşinçidan, yanvar oyida mavsum davomida talab etiladigan mineral öğitlar, biostimulyatorlar va kimyoviy vositalar zaxirasini şakllantiriş, texnikalarni taʼmirlaş işlarini amalga oşirib, ob-havo şaroitidan kelib çiqib, suspenziya sepişni taşkil eting;
oltinçidan, ğalla maydonida yomğirlatib suğorişni yölga qöyib, davlat tomonidan beriladigan subsidiya mablağini oling hamda hosildorlikni har gektariga 10-12 tsentnerga oşiring va suvni 35-45 foizga tejang;
yettinçidan, dalangizning suv kiriş quloğiga handak öra qazib, gektariga 3 tonnadan mahalliy öğit jamğarişni taşkil eting;
sakkizinçidan, keçki va unib çiqmagan ğalla maydonlariga quruq, çirigan mahalliy öğit sepişni taşkil eting, bunda, gektariga 5 tonnadan mahalliy öğit qöllanilganda kuzgi buğdoy hosildorligi 6-10 tsentnerga oşişi va mahalliy, mineral öğitlar bilan birgalikda qöllanilganda samaradorlik yanada yuqori bölişini aslo unutmang;
töqqizinçidan, 10 kun muddatda ğöza qator orasiga ekilgan maydonlarni ğözapoyadan kesiş agregatlari yordamida tozalang, bunda ğözapoyani qölda suğurib olişga yöl qöymang;
öninçidan, aholi xonadonlari va çorva komplekslaridagi mahalliy öğitlarni jamğarib, dalalarga çiqarişni taşkil eting;
ön birinçidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, içki va xöjalik ariqlarini tozalang hamda parallel ravişda betonlaştiriş işlarini yakunlang;
ön ikkinçidan, har bir fermer xöjaligi boşliği ğallaçilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda işlarni yanada jadallaştirib, ğallaga qöşimça ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni amalga oşirib joriy yilda ğalla hosilini gektariga 100 tsentnergaça yetkazib, yuqori daromad olişga erişing.
Aziz fermer va dehqonlar!
Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning şijoati, ğayrat va matonatiga köz tikib turibdi. Buni bir zum bölsa-da, yoddan kötarmaylik. Dasturxonimiz tökin-soçin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga töla va arzon, turmuşimiz yanada farovon bölişi ayni paytda amalga oşiriladigan agrotexnik tadbirlarga boğliqligini unutmang.
Öz daromadingizni oşiriş hamda mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qöşiş uçun barçangizni sidqidildan işlaşga, fidoyilik namunasini körsatişga çaqiramiz!
Amudaryo tumani fermerlari kengaşi Rayosat aʼzolari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶