“TÖY KORTEJI”DA YÖL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLARGA NISBATAN ÇORA KÖRILDI
Bugungi kunda yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, inson hayoti va soğliğini turli köngilsiz hodisalardan asraş içki işlar organlari xodimlari oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Afsuski, ayrim hollarda xursandçilik kunlarida, xususan, töy marosimlarida özini köz-köz qiliş, "şov-şuv" kötariş maqsadida yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzayotgan haydovçilar ham uçrab turibdi. Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Yöl harakati xavfsizligi bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari aynan şunday huquqbuzarliklarga qarşi qaratildi.
Yaqinda ijimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanidagi töylardan birida tasvirga olingan videolavha tarqalib, keng muhokamalarga sabab bölgan edi. Videoda "Malibu" rusumidagi bir neçta avtomaşinalar guruh bölib harakatlanib, "Töy sayli" bahonasida köçani töliq egallab olgani, boşqa harakat iştirokçilariga qasddan xalaqit berib, avariyaviy va xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgani aks etgan edi.
Bunday holatlar nafaqat yöl harakati madaniyatiga zid, balki oddiy yölovçilar, tez tibbiy yordam maşinalari va boşqa zarur xizmatlarning harakatiga jiddiy tösiq bölişi bilan ham xavotirlidir. Şu bois, Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Yöl harakati xavfsizligi bölimi xodimlari tomonidan vaziyatga tezkorlik bilan munosabat bildirilib, maxsus reyd tadbiri taşkil etildi.
Reyd davomida videolavhada aks etgan va jamoat tartibini buzgan haydovçilarning şaxsiga aniqlik kiritildi. Guruh bölib harakatlaniş qoidalarini qöpol ravişda buzgan, yöllarda sunʼiy tirbandlik hosil qilgan uşbu fuqarolar boşqaruvidagi "Malibu" va boşqa rusumdagi transport vositalari töxtatildi.
Qonun barça uçun barobar. Huquqbuzar haydovçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Ular boşqaruvidagi avtomaşinalar esa vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirildi. Bu çora – boşqa haydovçilarga, ayniqsa, yoşlarga saboq bölişi lozim.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, "kortej" bölib, guruh tarkibida harakatlaniş yöl-transport hodisalari kelib çiqiş xavfini bir neça barobar oşiradi. Bitta maşinaning keskin töxtaşi yoki boşqaruvni yöqotişi zanjirli reaktsiyaga sabab bölib, oqibati ayançli yakunlanişi mumkin. Töy – yaxşi niyatlar bilan qilinadigan tadbir, uni fojiaga aylantirişga esa heç kimning haqqi yöq.
Uşbu tadbir davomida yöl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan faqat jazolaş emas, balki profilaktik tuşuntiriş işlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Boşqa haydovçilar bilan ötkazilgan suhbatlarda yöllarda özaro hurmat, qoidalarga qatʼiy rioya qiliş va yöl madaniyatini saqlaş, guruh bölib harakatlanişdan tiyiliş lozimligi tuşuntirildi.
Yölda har bir qadam ehtiyotkorlik, har bir harakat masʼuliyat bilan amalga oşirilişi lozim. Avtomobil ruliga ötirgan inson faqat öz hayoti emas, boşqalarning ham taqdiri uning harakatlariga boğliq ekanini unutmasligi kerak. Çunki birgina beparvolik – bir umrning xazon bölişiga olib kelişi mumkin.
Amudaryo tumani Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Yöl harakati xavfsizligi bölimi xodimlari tomonidan ötkazilayotgan bunday nazorat tadbirlari doimiy ravişda davom ettiriladi. Maqsad – jarima undiriş emas, balki yöllardagi tartibni saqlaş va eng oliy qadriyat bölgan inson hayotini asraşdir.
Şunday ekan, barçamiz yöllarda masʼuliyatli bölaylik, zero, uyda bizni oilamiz va yaqinlarimiz kutmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶